Karim Tofig oʻgʻli Valiyev (;1961-yili 9-fevralda tavallud topgan) – ozarbayjonlik harbiy ofitser. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarida general-polkovnik, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshligʻi va Ozarbayjon mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. U Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushining qatnashuvchisi.
Yoshligi Karim Tofiq oʻgʻli Valiyev 1961-yili 9-fevralda Ozarbayjon SSRning (oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan) poytaxti boʻlgan Boku shahrida tugʻilgan. 1982-yili Boku shahridagi Oliy qoʻshma qurollari qoʻmondonlik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Valiyev 1982—1990–yillar davomida Sovet Qurolli Kuchlarining kursant vzvod komandiri, oʻquv boʻlimining boshliq yordamchisi, tayyorgarlik boʻlimi boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. 1990—1994–yillari Moskva shahridagi Frunze nomli harbiy akademiyada taʼlim olgan.
Harbiy xizmat Karim Valiyev 1992-yildan buyon Ozarbayjonning Qurolli Kuchlarida xizmat qilib kelmoqda. Xizmatda yurgan paytlarida oʻquv boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, brigada komandirining oʻrinbosari, brigada komandiri, front komandirining oʻrinbosari, Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirining jangovar harakatlari boʻyicha oʻrinbosari, harbiy qismning komandiri lavozimlarida ishlagan. Harbiy ilmiy markazning boshligʻi va Mudofaani rejalashtirish harbiy strategiyasining boshligʻi boʻlib ham saylanadi.
Karim Valiyev Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushida ishtirok etgan. Urush tugagandan soʻng, 10-dekabrda Ozarbayjonning urushdagi gʻalabasi sababli Bokuda boʻlib oʻtgan gʻalaba paradiga boshchilik qiladi. U 2021-yilning 23-iyulida Ozarbayjonning Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi etib tayinlanadiGeneral-leytenant Kərim Vəliyev Azərbaycan Ordusunun Baş Qərargah rəisi təyin edilib.
Shaxsiy hayoti Karim Valiyev oilali, ikkita farzandi bor.
Mukofotlari
Karim Valiyev 1994-yili Ozarbayjonning oʻsha paytdagi prezidenti Haydar Aliyevning farmoni bilan "Ozarbayjon bayrogʻi" ordeniga sazovor boʻlgan. U 2005-yili Ozarbayjonning prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan "Vatan uchun" medali bilan mukofotlangan. Valiyev 2012-yili Prezident Aliyev farmoni bilan "Harbiy xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan. Karim Valiyev 2020-yili Prezident Aliyev farmoni bilan "Zafar" ordeniga sazovar boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjon generallari Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon bayrog‘i ordeni bilan taqdirlanganlar Turkum:Boku aholisi Turkum:2020-yildagi Togʻli Qorabogʻ urushida qatnashgan Ozarbayjon harbiy xizmatchilari