Andrey Viktorovich Yegorov (; 1960-yil 8-iyul) – sovet va qirgʻizistonlik sobiq professional futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Biografiya 1980-yillarning birinchi yarmida Leningradning „Zenit“ jamoasi tarkibida oʻynagan, oliy ligada Zenit tarkibida 1982-yil 19-sentyabrda Donetskning „Shaxtyor Donetsk“ klubiga qarshi safardagi uchrashuvda (3:4) yagona oʻyinida ishtirok etgan va toʻrtta gol oʻtkazib yuborgan. 1987—1989-yillarda Leningradning „Dinamo“ jamoasida ikkinchi ligada oʻynagan. 1991—1993-yillarda O‘zbekistonning „Zarafshon“ Navoiy (1991-1992), Qirg‘izistonning „Alga“ Bishkek (1992), Qozogʻistonning „Qorachaganak“ Aksay (1993) jamoalarida oʻynagan.

1992-yil 23-avgustda Qirgʻiziston terma jamoasi safida Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi (0:3) yagona oʻyinini oʻtkazgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:8-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Qorachaganak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari