Anna Kingsford (; (1846-yil 16-sentabr – 1888-yil 22-fevral) tibbiyot olimi hamda huquqshunos, asosan, ayollar huquqlari himoyachisi ediRappaport, Helen. "Kingsford, Anna, " Encyclopedia of Women Social Reformers, 2001..

Biografiyasi U Elizabeth Garrett Andersondan keyingi oʻrinda tibbiyot boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan ilk ingliz ayollaridan deb eʼtirof etiladi.Parijda ilmiy darajasini davom ettirdi. 1880-yilga kelib, olti yillik oʻqishni tugatish barobarida ilmiy ishini ham tugatdi. Uning yakuniy dissertatsiyasi, L’Alimentation Végétale de l’Homme deb nomlanib vegetarianizmning afzalliklariga bagʻishlangan. Ingliz tilida �M8�The Perfect Way in Diet�M10�(1881) nomi bilan boshqa davlatlarda ham nashr etilganRudacille, pp. 31, 46. Oʻsha yili Food Reform Society deb nomlangan jamiyatga asos solgan va vegetarianizm haqida turlicha maʼruzalar eshittirish uchun Buyuk Britaniya boʻylab sayohat qilgan.

Oilasi Kingsford Meryland Pointda, Stratfordda, avval Sharqiy Londonning bir qismi, keyin esa Essexda, boy savdogar John Bonus va uning rafiqasi Elizabeth Ann Schröder oilasida dunyoga kelganMaitland 1896, p. 1.. Uning akasi John Bonus (1828-1909) ham shifokor va vegetarian ediPert, Alan. (2007). Red Cactus: The Life of Anna Kingsford. Books & Writers. p. 6, p. 114. . Boshqa akalari Henry (1830–1903) va Albert (1831–1884) otalarining yuk tashish biznesida ishlagan va bu biznesni davom ettirishgan. Kichik akasi Edward (1834-1908) Buckinghamshiredagi Hulkott tashkiloti rahbari boʻldi va ukasi Jozeph (1836-1926) general-mayor lavozimida faoliyat olib borgan.

Izlanishlari 1873-yilda Kingsford yozuvchi Edward Maitland bilan uchrashdi va u materializmni rad etishini aytdi. Kingsfordning erining roziligi bilan ikkalasi hamkorlik qila boshladilar. Maitland tibbiyotni oʻrganishga qaror qilganida Parijdagi safarga ham hamroh boʻldi. Oʻsha paytda Parij fiziologiyani oʻrganishda inqilob markazi boʻlgan, uning koʻp qismi hayvonlar, xususan, itlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida va asosan anarsthetic oʻtkazilgan. Parijda u oʻz hamkori bilan hayvonlardan tajriba uchun foydalanmaslik boʻyicha koʻplab namoyishlar hamda tushuntirishlar olib borgan. U yerda „fiziologiyaning otasi“ deb taʼriflangan Claude Bernard (1813-1878) bilan hamkorlikda ishlashga, oʻz fikrlaariga, qadriyatlariga uni ergashtirishga erishgan.

Yana qarang

Jigarrang itning ishi Ekofeminizm Oltin shafaqning germetik ordeni Izabel de Shtayger Hayvon huquqlari himoyachilari roʻyxati Luiza Lind-af-Xagebi Teosofiya va xristianlik

Manbalar

Havolalar

Works by Anna Kingsford at Project Gutenberg Works by or about Anna Kingsford at Internet Archive Works by Anna Kingsford at LibriVox (public domain audiobooks)

Turkum:1888-yilda vafot etganlar Turkum:1846-yilda tugʻilganlar Turkum:Vegetarianlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Huquqshunoslar