Sarkaidoz – T limfotsitlar va mononuklear fagotsitlar toʻplanishi natijasida granulemalar hosil boʻlib, jarohatlangan aʼzoning arxitektonikasi buzilishi bilan kechadigan sababi nomaʼlum, koʻp tarmoqli kasallikdir. Buyrak usti bezidan tashqari barcha aʼzolar jarohatlanishi mumkin.

Epidemialogiyasi

Ushbu kasallikning dunyo mamlakatlarida tarqalishi turlicha. Yevropa va AQSH 100 000 aholiga 10-40 tani tashkil qiladi. Sarkaidoz Skandinaviya davlatlarida eng koʻp tarqalgan boʻlib, 100 000 aholiga 64 tani tashkil etgan holda, Tayvanda uchramaydi. Kasallik asosan 20-40 yoshdagi odamlarda uchraydi. Bolalar va qariyalarda uchramaydi.

Tasnifi Hozirgacha sarkaidozning universal tasnifi yaratilmagan. 1994-yilda (O. P. Sharma) koʻkrak qafasi ichi sarkaidozi tasnifi yaratildi. Unga koʻra kasallikning quyidagi bosqichlari tafovut etiladi:

I bosqich – koʻks oraligʻining bilateral limfoadenopatiyasi; II bosqich – koʻks oraligʻining bilateral limfoadenopatiyasi va parenximatoz infiltratsiya; III bosqich – dissminatsiya shaklidagi parenximatoz infiltratsiya; IV bosqich – tarqoq intersitsial fibroz va bullyoz transformatsiyahttps://ppt-online.org/361637.

Izhoh: kasallik bosqichini ham (faol, orqaga qaytish va bir maromda kechuvchi) koʻrsatish kerak.

Etiologiyasi Bu kasallikning sababi toʻliq aniqlanmagan va uning ravojlanishida bir qancha infeksion va noinfeksion omillar ahamiyatga ega ekani taxmin qilinmoqda. Shuning bilan birga bu kasallik rivojlanishining asosiy mohiyati maʼlum bir antigenga yoki organizmning oʻzining antigeniga qarshi nasliy yoki orttirilgan ravishda shakllangan hujayraviy immun javobning kuchayishi, deb bir ovozdan aytilmoqda.

Infeksion omil Sarkaidoz kasalligi aniqlangan vaqtdan beri Micobacterium tuberkulosis bu kasallik rivolanishining asosiy sababchisi sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ko pchilik hollarda bu kasallikni davolashda boshqa dorilar bilan bir qatorda izoniazid berilmoqda. Biroq oʻpka toʻqimasini biopsiya usuli bilan DNK ga tekshirilganda, bu kasallik bilan kasallangan bemorlarda Micobacterium tuberkulosis DNK bir populyatsiyaga mansub sogʻ odamlarnikidan ortiqmasligi aniqlandi. Sarkaidozning etiologik omillari qatoriga shuningdek xlamidioz, layma barelliozi va latent viruslar kiritiladi. Epidemiologik holat va infeksiyaning biron turi oʻrtasidagi identifikatsiyaning yoʻqligi ushbu kasallikning rivojlanishida infeksion omilning ahamiyatini pasaytiradi.

Genetik va nasliy omillar.

Ushbu omilning sarkaidoz kasalligining rivojlanishidagi ahamiyatini isbotlovchi dalillar kam. Shu bilan birga bu kasallikning rivojlanishida oilaviy beriluvchanlik hujjatlashtirilgan. Angiotenzin hosil qiluvchi fermentlar (ular kasallikning patofiziologik jarayonlarida ishtirok etadi) geni polimorfizmi boʻyicha geterozigotlarda sarkaidoz rivoilanish xavfi 1,3 ni tashkil qilgan holda, gomozigotlarda 3,17 ni tashkil etadi. Biroq, bu gen kasallikning oʻpkadan tashqari turlarining ogʻirlik darajasi va rentgenologik manzarasi dinamikasini belgilamaydi

Ekologik va kasbiy omillar.

Tarkibida metall tutuvchi chang bilan nafas olish sarkaidozga oʻxshash granulematoz, rivoilanishiga olib keladi. Alyuminiy, bariy, berilliy, kobalt, mis, oltin va titan antigen va granulematoz rivojlanishini jadallashtirish xususiyatlariga ega.

Patogenezi Limfositar alveolit. Bu oʻpka sarkaidozida erta yuzaga keladigan belgi boʻlib, u oʻzidan sitokinlar ishlab chiqaruvchi makrofaglar va T-xelperlar taʼsirida yuzaga kelishi ehtimoli bor. Har holda oʻpka sarkaidozi bilan bemorlarning bir qismi antigen immun jarayonni boshqaruvchi T- limfotsitlar oligoklonal lokal espansiyasiga ega. Granulematoz rivojilanishida alveolitning ahamiyati kattadir.

Sarkaidoz granulemasi. Sarkaidoz bu patologik jarayon sohasida jadal rivojlanadigan hujayraviy immun javob natijasida yuzaga keladigan granulematoz deb hisoblanadi. Sarkaidoz granulyomaning rivojlanishi sitoksinlar kaskadi bilan bajariladi. Ular bilan oʻpka fibrozining hosil boʻlishi ham bogʻliqdir. Granulyomalar turli aʼzolar: oʻpka, teri, limfa tugunlari, jigar va taloqda hosil boʻladi. Ular o zida koʻ p miqdorda T-limfotsitlar tutadi. Shu bilan birga bunday bemorlarga hujayraviy immunitetning susayishi va gumoral immunitetning kuchayishi xos. Bunda ular gonida T-limfatsitlar kamayib, B-limfatsitlar ortadi.

Teri sinamalariga anergiya. Limfoid toʻqimaning sarkoid toʻqima bilan almashishi limfopeniyaga antigenlar bilan teri sinamasida anergiyaga olib keladi. Kasallikning klinik yaxshilanishiga qaramay anergiya yoʻqolmaydi va bu immunoreaktiv hujayralarning jarohatlanayotgan aʼzoga migratsiyasi bilan bogʻliq.

Patomorfologiyasi Sarkaidozning eng asosiy belgisi – bu oʻpkada va boshga aʼzolarda nokazeoz granulemalarning hosil boʻlishidir. Granulema T-xelper va fibroblastlar bilan oʻrab olingan epitelial hujayralar, makrofaglar va koʻp yadroli gigant hujayralardan iborat boʻlib, kazeoz nekroz kuzatilmaydi. Granulyomaning chekkasida limfotsit va plazmatik hujayralar joylashgan, neyrofil va eozinofillar boʻlmaydi. Kasallikning erta davrida limfotsitar alveolit rivojlanishi xos. Sarkaidoz granulyomaning rivojlanishi oʻpka ildizining ikki taraflama limfadenopatiyasiga, teri, koʻz va boshqa aʼzolarning jarohatlanishiga olib keladi. Sarkaidozda epitelial hujayralarning toʻplanishini pnevmonitlarda, silda,zamburugʻli jarohatlanishda, berilliy taʼsirida va rak kasalliklarida rivojlanadigan granulyomadan farqlash kerak.

Klinikasi Sarkaidoz turli aʼzolarni, eng koʻp holatlarda (90%) oʻpkani jarohatlaydi. Shikoyatlari va anamnez. Taxminan 70% bemorlarda holsizlik va hansirash uchraydi. Artralgiya 52% bemorlarni, mushakdagi ogʻriqlar 39% bemorlarni, koʻkrak qafasida ogʻriq 27% bemorlarni bezovta qiladi. Koʻkrak qafasidagi ogʻriq sababi aniqlanmagan. Limfoadenopatiya rivojlanish darajasi va koʻkrak qafasidagi oʻzgarishlar, shu jumladan plevral oʻzgarishlarning joylashishi oʻrtasida korrelyatsion bogʻliqlik aniqlanmagan. Anamnezni aniqlash kam maʼlumot beradi. Ammo, bemorda sababi nomaʼlum artralgiya, tugunchali eritemani eslatuvchi toshmalarning mavjudligi, navbatdagi flyurografiyadan soʻng uni qayta tekshirishga chaqirilganligini aniqlash katta ahamiyatga ega.

Obeyktiv koʻruv. Koʻruvda 25% bemorlarda teri jarohatlanganligi aniqlanadi. Tugunchali eritema, dogʻsimon-papulez toshmalar, pillakchalar, teri osti tugunchalar teri jarohatlanishining eng koʻp uchraydigan turlaridir. Boʻgʻinlarda tugunchali eritema bilan bir qatorda shish va gipertermiya aniqlanadi. Bu belgilarning birga kelishi koʻpincha erta bahorda kuzatiladi. Sarkaidozda rivojlanadigan artrit yaxshi sifatli boʻlib, retsidivlanadi va boʻgʻinda destruktiv oʻzgarishlarni chaqirmaydi. Periferik limfa tugunchalari (boʻyin, qoʻltiq osti, tirsak, chov sohasi)ning jarohatlanishi koʻp uchraydi. Bunda tugunchalar palpatsiyada ogʻriqsiz, harakatchan va qattiqlashgan (rezina kabi) boʻladi. Sildan farqli ravishda limfa tugunchalar yarali yemirilmaydi.

Sarkaidozning oʻpkadagi belgilari. Kasallikning erta davrida o'pka perkussiyasida oʻzgarishlar aniqlanmaydi. Kuchli limfadenopatiyada ogʻriq bemorlarda kengaygan koʻks oraligʻi ustida va umurtqa pogʻonasi oʻsimtalari ustida perkutor tovushining toʻmtoqlashgani aniglanadi. Oʻpkada chegeralangan oʻzgarishlar yuzaga kelganda oʻsha sohalar ustida perkutor tovush toʻmtoqlashadi. Emfizema rivojlanganda perkussiyada qutuchasimon tovush eshitiladi. Sarkaidozda maxsus auskultativ oʻzgarishlar boʻImaydi. Susaygan vezikulyar nafashttps://uz.atomiyme.com/vezikulyar-nafas-olish-fiziologiyasi-va-patologiya/ yoki dagʻal nafas eshitiladi, xirilashlarning paydo boʻlishi xos emas. Angiotenzin hosil qiluvchi fermentlar ortishiga qaramay AB koʻtarilmaydi. Sarkaidozning oʻpkadan tashqari belgilari. Tayanch aʼzolarining jarohatlanishi (50-80%) koʻpincha tizza boʻgʻini artriti va miopatiyalar koʻrinishida namoyon boʻladi. Taxminan 25% bemorlarda koʻz jarohatlanishi aniqlanadi. Shundan 75% bemorlarda koʻz oldi qismida uveit, 25-30% orqa qismida uveit rivojlanadi. Konyunktivaning va koʻz yoshi bezlarining infiltratsiyasi ham boʻlishi mumkin. Koʻzning jarohatlanishi koʻrlikka ham olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Nokazeoz epiteliod-hujayraviy granulema, tugunchali eritema, vaskulit va polimorf eritema koʻ rinishidagi terining jarohatlanishi 10-35%bemorlarda uchraydi. Taxminan 5% bemorlarda neyrosarkoidoz rivojlanadi. Uning tashxisi, ayniqsa oʻpka va boshqa aʼzolar jarohatlanishi belgilari boʻlmasa murakkab. Kasallik bosh miya nervlarining falaji, polinevrit, pilnevropatiya, meningit, Giyen – Barre sindromi bilan, epileptik tutqanoqlar bilan, bosh miyada oʻsmalar hosil boʻlishi, gipofizar-gipotalamik sindrom va xotiraning buzilishi bilan namoyon boʻladi. Yurakning bu kasallikda jarohatlanishi kam (5%) uchraydi. Bu aritmiya va blokadalar bilan namoyon boʻlib, koʻpchilik hollarda (50%) oʻlimga olib keladi. Hiqildoqning jarohatlanishi ovozning pasayishi, yoʻtal, disfagiya va yuqori nafas yoʻllarining obstruksiyasi natiasida hansirash rivollanishiga sabab boʻladi. Laringoskopiyada shilliq qavatning shishi, eritema, granulema va tugunchalar aniqlanadi. Sarkaidozda buyraklarning jarohatlanishi giperkalsiemiya va giperkalsiuriyahttps://uz.stefaniepender.com/hypercalcemia-2711 natijasida rivojlanadigan nefrolitiaz bilan bogʻliq. Baʼzi hollarda interstitsial nefrit rivoilanadi.

Sarkaidozda rivojlanadigan sindromlar:

Lyofgren sindromi – tana haroratining koʻtarilishi, ikki taraflama oʻpka ildizi limfadenopatiyasi, poliartralgiya, tugunchalieritema. Bu kasallikning yaxshi sifatli kechishining belgisidir.

Xeerfordt-Valdenstryom sindromi uchun tana haroratining koʻtarilishi, quloq old limfa tugunlarining kattalashishi, koʻzning old qismi uveiti va yuz nervining falaji xosdir.

Laboratoriya tekshiruvi Qonning umumiy tahlilida limfotsitopeniya, eozinofiliya va EChTning ortishi kuzatiladi. Ammo, oʻzgarishlar fagat bu kasallik uchun xos emas. Qonni biokimyoviy tekshirganda giperkalsiemiya, AXKF ning ortishi va giperglobulinemiya aniqlanadi.

Giperkalsiemiya patologik jarayonning faolligini aniqlovchi koʻrsatkich. U 1,25-digidroksixolikalsiferolning alveoladagi makrofaglarning nazorat qilib boʻImaydigan darajada ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. Bu jarayon, ayniqsa, yoz faslida kuchli boʻladi. Giperkalsiemiya va giperkalsiuriyaning oʻta kuchli boʻlishi nefrolitiaz rivojlanishiga olib keladi.

60% sarkaidoz bilan bemorlarda AXKF ning epiteliod hujayralar tarafidan ishlab chiqarilishi oshgan. Bu mayda bronxlarda havo oʻtkazuvchanligining buzilishi bilan birga kechadi. AXKF ortishining boshqa belgilar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan.

Makrofag va gigant hujayralar ishlab chiqaradigan lizotsinning qon zardobida baland boʻlish ehtimoli.

Rentgenologik tekshirish. 90% bemorlarda koʻkrak qafasi rentgenogrammasida oʻzgarish aniqlanadi. 50% bemorlardagi oʻzgarishlar orqaga qaytmaydigan oʻzgarishlar; 5-15% bemorlarda avj olib boruvchi fibroz, aniqlanadi.

Sarkaidoz bosqichlari

Hozirgi vagtda xalqaro tajriba asosida rentgenologik koʻrsatkichlar boʻyicha sarkaidozning 5 bosqichi tafovut etiladi:

O bosqich – ozgarishlar boʻlmaydi (5%). I bosqich – torakal limfadenopatiya, o'pkada oʻzgarishlarsiz, (50%). II bosqich – koʻks oraligʻi va oʻpka ildizi limfadenopatiyasining oʻpkaning jarohatlanishi bilan birga kelishi (30%). III bosqich – oʻpka parenximasining oʻzgarishi (koʻks oraligʻi va oʻpka ildizining limfadenopatiyasisiz – 15%). IV bosqich – oʻpkaning orqaga qaytmas fibrozi (20%).

Sarkaidozning bu bosqichlari prognostik ahamiyatga ega. Har doim ham bu oʻzgarishlar klinik belgilar bilan bogʻliq holda boʻImaydi. Misol uchun, II bosqichda bemorning shikoyatlari va fizikal belgilar boʻImasligi mumkin. Kasallikning tipik turidan tashqari destruktiv turi, bullyoz oʻzgarishlar va hattoki pnevmotoraks uchrashi mumkin.