Bursa Uludağ Universiteti (BUU) – 1975-yilning 11-aprelida Turkiyaning Bursa shahridagi birinchi universitet sifatida tashkil etilgan va “Bursa Universiteti” deb nomlangan. Universitet nomi bir necha marotaba oʻzgargan. Masalan: 1982-yilda “Uludağ Universiteti”, 2018-yilda esa “Bursa Uludağ Universiteti” deb nomlangan. Bugungi kunda universitet 15 ta fakultet, 2 ta kollej, 15 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta konsevatoriya, 4 ta institut va 27 ta ilmiy markazni oʻz ichiga oladi.
Tarix 1960-yilda Bursada uyushgan sanoat zonasininng tashkil etilishi bilan shaharda sanoat va aholining oʻsishi kuzatildi. Bursaga kelgan ziyolilar va ishbilarmonlar shaharda universitet tashkil etish haqida oʻylay boshlagan. Shundan soʻng 1969-yili “Bursada universitet tashkil etish uyushmasiʼ’ni tuzishdi va dastlab tibbiyot fakultetini tashkil etishga qaror qilishdi. thumb|261x261px|Bursa Uludağ Universitetidagi Festeval Shu tariqa 1970-yili Istanbul Universitetining “Bursa tibbiyot fakulteti’’ tashkil etildi va u oʻz faoliyatini 50 ta talaba bilan boshladi.
Universitet tashkil etish uchun kamida 2 ta fakultet mavjud boʻlishi talab qilinar edi. Bu talab 1974-yilda “Bursa Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti”ning tashkil etilishi bilan bajarildi. 1975-yilning 11-aprelida 1873-qonun asosida Bursa universiteti tashkil etilgan.
Universitet “Bursa Universiteti” nomi ostida 2 ta fakultet, 20 nafar professor-oʻqituvchi va 250 nafar talaba bilan faoliyat boshlagan. Universitet rektori etib O‘mer Fethi Tezok saylangan.
Talabalar va ilmiy xodimlar soni 2022-2023-oʻquv yilida universitetda jami 74155 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 63699 nafari aspirant va bakalavriat, 2301 nafari doktorant, 5506 nafari magistratura va 2649 nafari tibbiyot mutaxassisligida tahsil olmoqda.
2022-2023-oʻquv yili holatiga koʻra universitetda jami 2479 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Akademik birliklar Institutlar Ijtimoiy fanlar instituti thumb|349x349px|Bursa Uludağ Universiteti Fan va texnologiya instituti Sogʻliqni saqlash fanlari instituti Taʼlim fanlari instituti Fakultetlar Tibbiyot fakulteti Iqtisodiyot va ma'muriy fanlar fakulteti Muhandislik fakulteti Veterinariya fakulteti Taʼlim fakulteti Ilohiyot fakulteti Sanʼat va fanlar fakulteti Qishloq xoʻjaligi fakulteti Huquq fakulteti Tasviriy sanʼat fakulteti Inegöl biznes boshqaruvi fakulteti Sport fanlari fakulteti Arxitektura fakulteti Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti Stomatologiya fakulteti Havolalar
Rasmiy sayt Manbalar
Turkum:Turkiyadagi universitetlar