Dunkan de More (), Duncan Laurence nomi bilan tanilgan (; 1994-yil 11-aprel) – gollandiyalik estrada xonandasi, „Arcade“ qoʻshigʻi bilan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovi gʻolibi boʻlgan.
Biografiyasi 2012-yilda Brill shahrida boʻlib oʻtgan isteʼdodlar tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Bir yil oʻtgach, oʻzining „The Slick and Suited“ guruhiga asos soldi va Tilburgdagi Rok akademiyasida musiqiy faoliyatini boshladi. 2013-yilda Groningendagi Eurosonic Noorderslag festivalida chiqish qilgan.
Ilse De-Langi boshchiligida „Gollandiya ovozi“ tanlovining beshinchi mavsumida ishtirok etgan. Jihod Ramuni bilan birgalikda 2018-yilda Koreyaning TVXQ guruhining „New Chapter #1: The Chance of Love“ albomi uchun „Closer“ qoʻshigʻini yozgan.
2019-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovida „Arcade“ nomli qoʻshigʻi bilan Niderlandiya nomidan ishtirok etgan va 498 ball (hakamlar hayʼatidan 237 ball va tomoshabinlardan 261 ball) bilan tanlovda gʻolibiga aylangan.
Bundan tashqari, Lourens 2020-yilda tanlov bekor qilingani sababli bugungi kunga qadar eng uzoq vaqt gʻolib sifatida qolgan Eurovision gʻolibi hisoblanadi. Yangi gʻolib 2021-yil 22-maygacha aniqlanmagani sababli Lourens unvonini ikki yildan koʻproq vaqt davomida saqlab qolgan.
„Eurovision 2021“ning finalida jonli ijroda chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus testi ijobiy chiqqanligi sababli sahnaga chiqmagan va final paytida, qoʻchiqchining oldindan yozib olingan kadrlari efirga uzatilgan.
Shaxsiy hayoti 2020-yilning fevral oyida tugʻma kislorod yetishmasligi va buning natijasida natijada oʻng qoʻlida harakat buzilishi borligini aniqlandi.
U Biseksual. „Eurovision 2019“ finali oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Lourens shunday degan: „Men shunchaki artist emasman, men insonman, men tirik mavjudotman, men biseksualman, men musiqachiman, gʻoyalar uchun kurashaman va men kimligimni koʻrsatish imkoniyatiga ega ekanligimdan faxrlanaman“. 2019-yil iyun oyida polshalik jurnalist Sergiush Krulak bilan suhbat chogʻida Dunkan hozirda bir erkak bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi. 2019-yil sentyabr oyida juftlik ajrashgani maʼlum boʻldi.
2020-yil 5-oktyabrda Laurence amerikalik qoʻshiqlar muallifi Jordan Garfildga unashtirilganini eʼlon qildi.
2023-yil 21-avgustda juflik Shvetsiyada turmush qurishdi.
Diskografiyasi
Albomlar
Worlds On Fire (EP) – 2020-yil 13-may Small Town Boy – 2020-yil 13-noyabr
Singllari
„Arcade“ „Love Donʼt Hate It“ „Someone Else“ „Last Night“ „Feel Something“ „Stars“ „Heaven Is a Hand to Hold“ „Back to Back“
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:11-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar