Annie de Montfort (1897-yil 16-dekabrda tugʻilgan – 1944-yil 10-noyabr) fransuz yozuvchisi va shifokori. Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiya qoʻshinlarida xizmat qilgan.

Bolalik davri Annie Parijning Arthémise Deguirmendjian-Shah-Vekil deb ataluvchi 9-okrugida tugʻilganActe de naissance, Archives de Paris online, Paris 9, V4E 8835, vue 23/26, acte 1685 . Uning ota-onasi Turkiyada tugʻilgan va asli arman millatiga mansub edilar. Birinchi jahon urushidan oldin va urush davomida Annie tibbiyot sohasida oʻqiganMémoires de la Société historique et archéologique de l’arrondissement de Pontoise et du Vexin, Volumes 56-63, 1957.

1919-yil 3-fevralda Annie Fransiya institutida ishlagan tarixchi va akademik Henri de Montfortga uylandi. Ularning toʻrt farzandi bor edi: Claude, Marc, Anne-Marie and FrançoisWhoʻs Who in Finance and Industry: 1972-1973. Vol. 27. Providence: Éditeur Marquis Whoʻs Who, 1973.. Marc de Montfort (1923–1998) fransiyalik mashhur boʻlgan huquqshunos edi. Shuningdek, 1919-yilda Annie de Montfort diplomatik, madaniy rolga ega boʻlgan va 1920-yildan boshlab „La Pologne“ nomi ostida nashr etadigan jurnal muharriri edi.

Urush davri faoliyati 1939-yilda Hachette Henri va Annie de Montfort tomonidan birgalikda yozilgan "Pologne" asarini nashr etishdi. Ular 1941-yilda yana bir La France continue nomli asarini nashrdan chiqardilarHenri Noguères : Histoire de la Résistance en France de 1940 à 1945, Robert Laffont, Paris 1967. .

1943-yil 18-martda Annie Grenobleda hibsga olingan va Fransiyadagi qamoqxonaga qamaladi. Mingga yaqin boshqa ayollar bilan birga Annie 1944-yil 31-yanvarda Parijni tark etidi. Ayollar 175 ta transport bilan boshqa bir mahbuslar saqlanadigan lagerga surgun qilindi. Paul Petit, Martin Marietta va boshqalar 1944-yilda surgun davrida Germaniyada qatl etilgan.

Lagerdagi boshqa mahbuslar bilan birga Annie de Montfort yangi harakatlar boshladi. 6-noyabr kuni Annie de Montfort lagerdagi kasalxonaga yotqizilgan va bir necha kundan keyin vafot etgan. Uning oʻlimiga hamkasbi Germein Tillion guvoh boʻlganGermaine Tillion Ravensbrück, Seuil, Paris, 1973.

Manbalar

Turkum:Fransiyalik yozuvchilar Turkum:1944-yilda vafot etganlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar