Thai Dai Van NguyenRapport Tata Steel shaxmat turniri 2021-yilMamlakatChexiyaTavalludi (2001-12-12) 2001-yil 12-dekabr Praga, ChexiyaUnvongrossmeyster (2018)FIDEdagi reytingi2606 (2023-yil sentyabr)Eng yuqori reytingi2659 (2023-yil fevral)Eng yuqori oʻrni87 (2023-yil fevral) Thai Dai Van Nguyen (2001-yil 12-dekabrda tugʻilgan) - chexiyalik shaxmat grossmeysteri.
Hayoti Nguyenning otasi asli vetnamlik boʻlgan tadbirkor.
2011-yilda Nguyen 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida oʻtkazilgan shaxmat bo‘yicha Chexiya ochiq chempionatida g‘oliblikni qoʻlga kiritdi. Shundan so‘ng Dai Van Nguyen 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Chexiya shaxmat chempionatida ketma-ket ikki marta g‘olib chiqdi (2012-yil, 2013-yil).
2016-yilda Nguyen shaxmat boʻyicha FIDE xalqaro ustasi (IM) unvoniga sazovor boʻldi. Ikki yildan soʻng FIDE grossmeyster (GM) unvonini sohibiga aylandi. Shunday qilib 2018-yil 16 yoshida Nguyen Chexiyadagi eng yosh shaxmat grossmeysteriga aylandi.
2017-yilda Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan International Chess Tournaments xalqaro shaxmat turnirlarida ishtirok etdi. Turnir yakuniga koʻra Nguyen 2 gʻalaba va bir durang qayd etgan holda past natijani qayd etdi.
Nguyen turli yosh toifalarida shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati va shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etgan. Uning eng yaxshi natija - 2019-yilda Bratislavada Nguyen 18 yoshgacha shaxmatchilar guruhida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Nguyen shaxmat boʻyicha 2021-yilgi Chess World Cupda oʻynadi. Turnirning birinchi raundida Adam Kozak ustidan gʻalaba qozondi. Ammo Andrey Esipenkoga qarshi kechgan ikkinchi bahsda magʻlub boʻlgach, ketma-ket ikki raundda yana magʻlubiyatga uchradi.
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat boʻyicha xalqaro ustalar Turkum:Shaxmat boʻyicha Yevropa chempionlari