Paul Aleksander 1946-yil 10-yanvarda tugʻilgan boʻlib, u amerikalik huquqshunos va poliomielitdan omon qolgan inson hisoblanadi. U 1952-yilda olti yoshida poliomielit bilan kasallangan va nafas olishi ogʻirlashgan, hayotini saqlab qolish uchun uni Temir o'pkaga yotqizishgan va hali-hanuzgacha temir oʻpka yordamida nafas oladi. Paul Alexander poliomielit bilan kasallangan va hozirgacha yashab kelayotgan oxirgi bemordir. Hayoti Aleksandr olti yoshida poliomielit bilan kasallangan va umrbodga falaj boʻlib qolgan, faqat boshini, boʻynini va ogʻzini harakatga keltira oladi.
1950-yillarning boshlarida AQShda poliomielitning yirik epidemiyasi vaqtida Dallas (Texas) atrofidagi yuzlab bolalar, shu jumladan Aleksandr Parkland Hospital shifoxonasiga olib ketilgan. U yerda bolalar temir oʻpka palatasida davolangan. Shifokor uning nafas olmayotganini payqab, shoshilinch bilan uni temir oʻpkaga yotqizgan, uning hayoti allaqchon oʻlim yoqasida boʻlgan . 1954-yildan boshlab, Missis Sallivan ismli fizioterapevtning yordami bilan Aleksandr oʻzi glossofaringeal nafas olishni oʻrgangan, bu esa unga asta-sekin temir o'pka ichida omon qolishiga katta yordam bergan.
Aleksandr Dallas mustaqil maktab okrugining uyda taʼlim olgan birinchi oʻquvchilaridan biri boʻlgan. U maʼlumotlarni, vazifalarni qogʻozga tushurish oʻrniga yodlashni afzal koʻrgan. 1967-yilda Dallas oʻrta maktabini jismonan darsga qatnashmasdan bitirgan birinchi oʻquvchi boʻlgan.
Aleksandr Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan temir oʻpkada eng uzoq vaqt yashagan shaxs sifatida tan olingan . Ijodi Aleksandr 2020-yil aprel oyida nafaqadagi doʻsti Norman D. Braun RN koʻmagida "My Life in an Iron Lung" nomli memuarini mustaqil nashr etgan. The Guardian nashirga koʻra, bu kitobni yozish uchun sakkiz yildan koʻproq vaqt kerak boʻlgan, plastik tayoq va qalam yordamida oʻz hikoyasini klaviaturada bosish orqali yoki doʻstiga soʻzlarni aytib berdish orqali yozishgan. Manbalar