Eugene Allen Noble (5-mart 1865-yil — 28-iyun 1948-yil) — amerikalik akademik, ruhoniy. U uchta oliy taʼlim muassasasilarda rahbar lavozimlarida faoliyat olib borgan. Centenary universitetida 1902-yildan 1908-yilgacha, Goucher kollejida 1908-yildan 1901-yilgacha va Dickinson kollejida 1911-yildan 1914-yilgacha. Shuningdek, Noble Juilliard maktabida rahbar boʻlib ishlagan.

Yoshligi va taʼlimi Noble 1865-yil 5-martda Nyu-york shahrining Bruklin tumanida ruhoniy oilasida tugʻilgan. Otasi William Richard Noble ruhoniy va onasi Margaret J. Hays. U dastlab Nyu-York shahridagi Trinity maktabida, keyin Wesleyan universitetida bakalavrni falsafa yoʻnalishi boʻyicha oʻqib, 1891-yilda tamomlagan. Kollejni tugatgandan soʻng, Noble Illinois shtatining Evanston shahrida joylashgan Garret-Evangelist diniy muassasasida tahsil oladi. Noble 1892-yilda birinchi xotini boʻlgan Lillian White Osbornga uylanadi. Shuningdek, u Phi Beta Kappa va Alpha Delta Phi kabi nufuzli jamiyatlarning aʼzosi boʻlgan.

Faoliyati Ruhoniy Oʻqishni tugatgandan keyin, Noble ruhoniy etib tayinlanadi va Nyu-Yorkning sharqiy qismidagi cherkovda faoliyatini davom ettiradi. Noble ikkita cherkovda xizmat qilgan, biri 1891-yildan 1895-yilgacha Connecticutda va ikkinchisi 1895-yildan 1897-yilgacha Bruklinda. Keyinchalik bir muddat Nyu-Yorkdagi Bruklin kasalxonasida bosh shifokor yordamchisi boʻlgan. Akademiya 1902-yilda Noble New Jersey shtatidagi Hackettstown shahrida joylashgan, oʻsha paytda Centenary Collegiate Institute nomi bilan mashhur boʻlgan Centenary universiteti rahbari etib tayinlangan. Noble olti yil davomida u yerda faoliyatini davom ettirgan.

1908-yilda Noble ilgari ayollar uchun ixtisoslashtirilgan kollej keyinchalik Goucher kolleji sifatida oʻzgargan muassasada ishlagan.

Manbalar

Turkum:AQShdagi universitet va kollejlar rahbarlari