Nikita Nikolayevich Shevchenko (, 27.11.2003, Kursk, Rossiya) – rossiyalik futbolchi. 2023-yil 1-iyundan „Paxtakor“ klubi darvozaboni.
Biografiyasi Kurskda tugʻilgan. Kursk shahridagi 4-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida, murabbiylar Oleg Leonidovich Delov va Dmitriy Aleksandrovich Telnix qoʻl ostida futbol oid daslabki bilimlarni olgan.
Futbolchilik faoliyati 2021-yil 25-fevralda „Sochi“ klubining yoshlar jamoasiga oʻtgan. 2022-yil fevral oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.
2023-yil qishki tayyorgarlik davrida „Paxtakor“ klubi safiga oʻtgan. 2023-yilgi mavsumda ushbu jamoa tarkibida Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ikki marta Oʻzbekiston Superkubogi finalida ishtirok etgan (2023, 2024).
2025-yil 27-aprelda Oʻzbekiston chempionatida „Shoʻrtan“ klubiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan.
Yutuqlari
Jamoaviy
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2023 Oʻzbekiston Superkubogida ikkinchi oʻrin: 2023, 2024
Manbalar
Havolalar Nikita Shevchenko Footballfactsru saytida
Nikita Shevchenko Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari