Cerro Largo departamenti (ispancha talaffuzi:[ˈsero ˈlaɾɣo]) – Urugvay davlatining 9 ta departamentidan biri. Poytaxti Melo shahri. Departament mamlakatning sharqiy qismida joylashgan. Shimoli-sharqda Braziliya bilan chegarasi Yaguaron daryosi hisoblansa, janubda Treinta y Tres departamenti, gʻarbda Durazno departamenti va shimoli-gʻarbda Negro daryosi orqali Tacuarembó hamda Rivera departamentlari bilan tashkil qilgan chegaralari mavjud.

Tarixi XVIII asrning oxiriga kelib bu hududlarda mahalliy aholidan tashqari, ispanlar va portugallar ham istiqomat qilgan. 1795-yilda ispan piyodalari kapitani Agustin de la Rosa portugal va hindlarning hujumlarini qaytarish uchun qal’a qurish maqsadida Melo shahriga asos solgan. 1816-yilda ushbu hudud portugallar tomonidan bosib olingan. Shahardan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Posta del Chuy tarixiy mehmonxonasi va 1855-yilda Etcheverri tomonidan Chuy del Tacuarí daryosi ustida qurdirilgan tosh koʻprik mamlakatning eng mashhur tarixiy obyektlari hisoblanadi. Cerro Largo 1830-yilda tashkil etilgan Urugvayning dastlabki toʻqqizta departamentidan biridir. Keyinchalik departamentning katta bir qismida Treinta y Tres nomli yangi departament tashkil qilingan.

Aholisi

2011-yilda roʻyxatga olingan statistik maʼlumotlariga koʻra, Cerro Largo departamentida 84,698 (41,050 erkak va 43,648 ayol) nafar aholi va 35,841 ta xonadon mavjud. Cerro Largo departamenting 5,936 nafar aholisi qishloqlarda yashaydi.

Departamentning 2010-yildagi demografik koʻrsatkichlari:

Aholining oʻsish sur’ati: 0.571% Tugʻilish darajasi: 15.95 tugʻilish/1000 kishi Oʻlim darajasi: 8.64 oʻlim/1000 kishi Oʻrtacha yoshi: 32.1 (31.0 erkaklar, 33.0 ayollar) Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish: Umumiy aholi uchun: 75.86 yosh Erkaklar uchun: 72.58 yosh Ayollar uchun: 79.04 yosh Bitta xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 18,880 peso Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 7<801 peso

Asosiy shahar markazlari Boshqa shahar va qishloqlari 2011-yilgi maʻlumotlar asosida. Shahar / Qishloq Aholi soni Melo 51,830 Río Branco 14,604 Fraile Muerto 3,168 Isidoro Noblía 2,331 Aceguá 1,511 Tupambaé 1,122 Shahar / Qishloq Aholi soni Barrio López Benítez 522 Hipódromo 505 Lago Merín 439 Plácido Rosas 415 Barrio La Vinchuca 388

Departament xaritasi

Mashhur shaxslari Aparicio Saravia, 1904-yilda Masoller jangida vafot etgan taniqli partiya rahbari. Villanueva Saravia, mintaqaviy partiya rahbari. Rodolfo Nin Novoa, Urugvay vitse-prezidenti (2005—2010).

Manbalar

Havolalar Official site – Intendencia de Cerro Largo / Geography and demographics Official site – Intendencia de Cerro Largo / History of the department INE map of Cerro Largo Department Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.18 „Cerro Largo“

Turkum:Urugvay departamentlari