Panthera gombaszoegensis, shuningdek Yevropa yaguari nomi bilan mashhur va mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirik yirtqich sutemizuvchilar urugʻiga mansub. Bu tur 2,0 dan 0,35 million yil oldin Yevropada tarqalgan tur hisoblanadi. Birinchi marotaba 1938-yilda Slovakiyaning Gombasek shahrida toshga aylangan qaldiqlari topilgan. Bu tur haqidagi koʻproq qazilma qoldiqlari Italiyaning Oliva shahrida topilgan va dastlab Panthera toscana deb nomlangan. Keyinchalik qazilmalar, Angilya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, va Gollandiyada topilgan. Baʼzan Panthera onca turi, Panthera onca gombaszoegensis kichik turi sifatida ham talqin qilinadi. Tashqi koʻrinishi Yevropa yaguarlari hozirgi kundagi Janubiy Amerikada topilgan yaguarlardan, masalan: Pantanal va Peru yaguarlarida kattaroq boʻlgan. Tana vazni 70 dan 210 kg gacha boʻlganligi tufayli, kattaroq oʻljani tutishga qodir deb hisoblash mumkin. Boshqa Panthera turlari singari, bu tur yaguarlari koʻpayishi jihatidan jinsiy dimorfizmlar boʻlib, sezilarli darajada erkaklari katta hajmga ega boʻlishadi. Tarixi Yaguarlarning ajdodlari Afrikada paydo boʻlgan deb taxmin qilinadi; Pantheraning bir turi Janubiy Afrikada 1,9 million yil oldin yashagan. P.gombaszoegensisga oʻxshash yana bir turi Sharqiy Afrikaning Pleystotsen davrining boshlarida topilgan va sher, yoʻlbarsga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan. P. gombaszoegensis dastlab erta pleystotsen davrining yagona Yevropa Pantherinae turi boʻlib, Acinonyx pardinensis, Puma pardoides mushuksimonlari hamda machairodontinlar Homotherium latidens va Megantereon whitei bilan birga bitta davrda yashagan. Qoplonlar erta pleystotsen yoki oʻrta pleystotsen davriga, sherlar esa oʻrta pleystotsen davridan keyin paydo boʻlgan tur hisoblanadi. Taksonomiyasi Leo gombaszoegensis turi Miklós Kretzoi tomonidan, 1938-yilda Slovakiyaning Gombasek gʻori qatlamlarida yaguarlarning tishlari topilgan. 1971-yilda bu tur qayta nomlandi va Panthera urugʻiga mansub hisoblangan. Quyidagilar boshqa turlar ham P. gombaszoegensisga urugʻiga mansub turlar hisoblanadi: Panthera toscana 1949-yilda Italiyaning Arno daryosi vodiysidagi Villafranchian konlarida jagʻ tishlari topilgan. Shu sababli panthera toscanpa deb nomlangan. Bu qoldiqlar dastlab alohida tur sifatida nomlangan va keyinchalik Panthera gombaszoegensis toscana kenja turi sifatida talqin etilgan. Baʼzida Toskana yaguar yoki Toskana sher deb ham ataladi. Felis (qoplon) schreuderi 1960-yilda Niderlandiyaning Tegelen shahrida qazilma holidagi mushuk qoldiqlari topilgan. Jansofelis Vaufreyi 1971-yilda Fransiya janubi-sharqida mushuk qoldiqlari topilgan va shu nom bilan nomlangan. P. gombaszoegensisga tegishli boʻlgan baʼzi qoldiqlar yaqinda Acinonyx pardinensis urugʻi sifatida aniqlangan. 2022-yilda Belgiyada topilgan qoldiqlar va nisbatan toʻliq bosh suyagining tuzilishiga asoslangan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, P. gombaszoegensis koʻproq yaguarlarga qaraganda yoʻlbars (Panthera tigris) bilan yaqinroq qarindoshlikga ega. Yashash joyi va xulq-atvori Yevropa yaguarini odatda hozirgi kun yaguariga oʻxshash oʻrmonda yashovchi mushuk deb atashgan, ammo yaqinda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Yevropa yaguarlari va oʻrmonli yashash joylari oʻrtasidagi bogʻliqlik aniq taxmin qilinganidek kuchli emasligini koʻrsatmoqda. Bu ehtimol, yolgʻiz boʻlib yashagan hayvon boʻlganligidan darak beradi.

Yana qarang Panthera blytheae Manbalar

Turkum:Yaguarlar Turkum:Qoplonlar Turkum:Sutemizuvchilar Turkum:Mushuksimonlar Turkum:Yirtqichlar