Ashide ( xitoycha : 阿史德) — Turk xoqonligining hukmron urugʻlaridan biri. Bu urugʻ Koʻkturk xoqonlari bilan nikoh rishtalarini bogʻlagan urugʻlardan biri ediPulleyblank E. A Sogdian Colony in Inner Mongolia. — T'oung Pao Second Series, Vol. 41, Livr. 4/5 (1952), Р.332.. Kelib chiqishi haqida Chjen Qiaoning 1161-yilda yozilgan “Kompleks yozuvlar” asariga koʻra, Ashide urugʻiga kimligi nomaʼlum boʻlgan qadimiy xoqon tomonidan asos solingan. Ashide urugʻining hukmroq qabila bilan nikoh rishtalarini bogʻlaganligi va maʼlum imtiyozlarga ega boʻlganligi Youyang Zazu kitobida eslab oʻtilgan. Ushbu nikoh rishtalari haqida turli afsonalar ham mavjud. Unda Ashina urugʻining ajdodi Shemo Ashide malikasiga oshiq boʻlganligi haqida maʼlumot borYouyang Zazu, vol. 1. Tamgʻa

Ashide va Ashina Tarixchi S. G. Klyashtorniyning aytishicha, dastlab Ashina va Ashide birgalikda turk va moʻgʻul xalqlari orasida yaxshi maʼlum boʻlgan dual tizimida boʻlganАбрамзон С.М. Формы родоплеменной организации у кочевников Средней Азии. — ТИЭ. Н. сер. Т. 14. М., 1951. ↑ Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. М.-Л., 1950 (ТИЭ, н. сер., т. 9).Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. М.-Л., 1950 (ТИЭ, н. сер., т. 9).. Ashide boshliqlari Turk xoqonligidagi qabila boshliqlari uchun umumiy boʻlgan Irkin unvoniga ega boʻlishgan. Biroq, ularning alohida mavqei sulola bilan qarindoshlik rishtalari bilan belgilanadi. Ashide teginlaridan biri "qirollik oilasining tegini (shahzodasi)" unvoniga ega boʻlgani ham bejizga emasLiu Mau-tsai. Die chinesischen Nachrichten zur Geschichte der Ost-Türken. 1-2. Weisbaden, 1958. (101/102). 7 — 8-asrlarning oxirigacha Ashide Ashina bilan birga sulolaning asosiy harbiy-siyosiy tayanchi boʻlganКляшторный.Г. Древнетюркская надпись на каменном изваянии из Чойрэна//СНВ. Вып. XXII. М.: 1980. С. 90-102.

Genetika 2015 — 2016-yillarda Xitoyda etnogenom olim Ven Shao-Qing boshchiligidagi Fudan universiteti (Shanxay) tadqiqotida aristokratik turkiy Ashide urug‘ining Y-DNK gaploguruhini aniqlash bo‘yicha testlar o‘tkazildi. Ular Ashide qabilasining subkladesi Q1a-L53 haplogrupiga ega ekanligini aniqladilarWen S.-Q., Muratov B.A., Suyunov R.R. The haplogroups of the representatives from ancient Turkic clans - Ashina and Ashide//BEHPS, ISSN 2410-1788, Volume 3, No. 2[1,2], March 2016, P.154-157. Manbalar