Çağlar Çorumlu (1977-yil 4-dekabrda) – turk aktyori.

Çorumlu 1977-yilda Merzifon shaharchasida tugʻilgan. Uning ota-onasi oʻqituvchi boʻlgan. 1994-yilda Merzifon shaharchasidagi oʻrta maktabini tamomlab, Eskişehir shahriga koʻchib oʻtgan.2000-yilda Anadolu universitetining turizm va mehmonxona boshqaruvi fakultetini tamomlagan. Oʻqish davomida universitetining teatr klubiga aʼzo boʻladi. Oʻqishni tugatgandan soʻng 2000-yilda teatrdagi faoliyatini davom ettirish maqsadida Istanbulga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik sahnada va televidiniyadagi faoliyatini birgalikda olib boragan. Uning ilk sahnadagi birinchi roli Cabaret Taksimda boʻlgan. Keyin u „7 Numara“ sitcomida Yusuf Guduk rolida rolini ijro etgan.2007-yilda Istanbul shahar teatrchilar jamoasiga qoʻshildi va 2013-yilgacha ularda bilan birga ishlagan.2013-yilda oʻzining TiyatrOPS teatr kompaniyasiga asos solgan. Teatrdagi faoliyatidan tashqari turli filmlar va teleseriallarda suratga tushgan. 2010-yilda Çağan Irmakning Prensesin Uykusu filmidagi roli uchun maqtovlarga sazovor boʻlgan. Keyinchalik, 2012-yilda „Sharq stomatologi“ filmidagi roli uchun 16-Afife Jale Teatr mukofotlarida „Musiqiy yoki komediya janridagi eng yaxshi aktyor“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Arif V 216 mashhur komediya filmida qoʻshiqchi Zeki Müren rolini oʻynadi.Show TV da namoyish etilgan Güldür Güldür Shov teatrida aktyor boʻlib ishlagan. Gülse Birsel, Cem Yılmaz va Yılmaz Erdoğan kabi mashhur hazil mualliflarining loyihalarida rol ijro etgan. Filmografiyasi

Ruhsar : Baha – 2000 Yedi Numara : Yusuf – 2000 Gece Yürüyüşü : Hakan – 2005 Ters Köşe : Sinan – 2005 Yanılgılar : Mehmet – 2006 Ah Polis Olsam : 2006 Hayat Türküsü : Sezgin – 2006 Kader : Kamil – 2006 Ezo Gelin : Zeki – 2006 Avrupa Yakası : 2007 Derman : Güven – 2008 Üvey Aile : Feyyaz – 2008 Osmanlı Cumhuriyeti : Cooker – 2008 Haneler : Çağlar – 2009 Teyzanne : Şaşkın Bakkal – 2009 : Umut – 2009 Prensesin Uykusu : Aziz – 2010 Koyu Kırmızı : Galip – 2012 İbret-i Ailem : Kenan – 2012 Güldür Güldür : Şevket – 2013 Cesur Hemşire : Babür – 2013 Aldırma Gönül : Levent – 2013 Daire : Necip – 2014 Pek Yakında : Zeki – 2014 Yok Artık! : Semih – 2015 Bulantı: Beşir – 2015 Kor : Aslan – 2016 Tatlım Tatlım:Haybeden Gerçeküstü Aşk : 2017 Kolonya Cumhuriyeti : Peker – 2017 Arif V 216 : Zeki Müren – 2018 Cebimdeki Yabancı : 2018 Jet Sosyete : Yaşar Yüksel – (2018–2019 / 2020) Karakomik Filmler 2: Emanet – 2020 Babam Çok Değişti : Mehmet Ali – 2020–2021 Ayak İşleri : Vedat – 2021–2022 The Life and Movies of Erşan Kuneri : Altın Oran – 2022 Hazine : Mesut – 2022 Mukofotlari 2012 yil – 16-Afife teatr mukofoti, „Musiqiy va komediya rolidagi eng yaxshi aktyor“ (Sharq stomatologi) 2015 – 20-Sadri Alışık kino mukofoti, „Musiqiy yoki komediya rolidagi eng yaxshi yordamchi aktyor“ (Pek Yakında) 2017-yil 44-Oltin kapalak mukofotlari, „Eng yaxshi komediya va romantik aktyor“ (Güldür Güldür Shov) Havolalar

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar