Elizabeth Inchbald – (1753-yil 15-oktyabr – 1821-yil 1-avgust) - ingliz yozuvchisi, aktrisasi, dramaturgi va tarjimon. Uning „A Simple Story“ va „Nature and Art“ nomli ikkita romani eʼtiborga molik ishlaridan biri boʻlgan.
Hayoti 1753-yil 15-oktabrda Angliyaning Stanningfield shahrida tugʻilgan. Elizabeth Mary Simpson va John Simpsonning sakkizinchi farzandi boʻlgan. Elizabeth va uning singlisi taʼlimni uyda olishgan.
Elizabethning nutqida bir qancha nuqson va kamchiliklar bor boʻlgan. Duduqlanish kasalligini yoʻqotish uchun koʻp mashq qilgan hatto-ki bu uchun aktyorlik faoliyatini ham boshlagan. 1772-yil aprel oyida 18 yoshida aktrisa boʻlish maqsadida London shahriga bordi. Qiyinchiliklar shu davrdan boshlandi: baʼzilarlar uning duduqlanishi sahnadagi ijrosiga taʼsir qiladi deb qoʻrqishgan edi. Londonga kelganidan soʻng ikki oy oʻtib, iyun oyida aktyor Jozef Inchbaldga (1735–1779) turmushga chiqishga rozi boʻlgan. Oʻsha paytda Joseph hali mashhur boʻlmagan edi. Bu ikki juftlik birinchi marta 1772-yil 4-sentyabrda Shekspirning „Qirol Lir“ filmida birgalikda sahnada rol ijo etadilar. 1772-yil oktyabr oyida Inchbaldlar oilasi West Digges teatr jamoasi bilan birgalikda deyarli toʻrt yil davom etgan gastrol safarini boshlaydilar. 1776-yilga kelib, Fransiyaga koʻchib oʻtishadi. U yerda fransuz tilini oʻrganishadi. Ammo, ular bir oy ichida pulsiz qolishgandan soʻng, Liverpulga koʻchib oʻtishadi. 1777-yilda Tate Wilkinson jamoasiga qoʻshilishadi. 1779-yilning iyun oyida Joseph Inchbaldning oʻlimidan soʻng, Elizabeth bir necha yil davomida Dublin, London shaharlarida yashaydi. Uning aktyorlik faoliyati oʻn yetti davom etdi. Shu yillar mobaynida koʻplab rollar hamda Hannah Cowleyning „Belleʼs Stratagem“ spektakllarida rol ijro etgan. U 1821-yilning 1-avgust sanasida Kensingtonda vafot etgan. 1833-yilda Jeyms Boadenning ikki jildlik „Memoirs of Mrs. Inchbald“ kitobi nashr etildi.
Asarlari Pyessalar
Mogul Tale; or, The Descent of the Balloon, 1784 Appearance is against Them, 1785 The Widow’s Vow, 1786 The Midnight Hour, 1787 Such Things Are, 1787 All on a Summer’s Day, 1787 Animal Magnetism, 1788? The Child of Nature, 1788 The Married Man, 1789 Next Door Neighbours, 1791 Everyone has his Fault, 1793 To Marry, or not to Marry, 1793 The Wedding Day, 1794 Wives as They Were and Maids as They Are, 1797 Lovers' Vows, 1798 The Wise Man of the East, 1799 The Massacre, 1792, not performed A Case of Conscience, published 1833 The Ancient Law, not performed The Hue and Cry, unpublished Young Men and Old Women (Lovers No Conjurers), adaptation of Le Méchant; unpublished
Romanlari A Simple Story, 1791 Nature and Art, 1796
Maqolalari The British Theatre. 25 vols., 1806–1809 Collection of Farces and Afterpieces. 7 vols., 1809 The Modern Theatre. 10 vols., 1811 Manbalar