Azatbek Asanbekovich Omurbekov (1983-yil 17-sentyabr, Nukus, Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus harbiy qoʻmondoni, gvardiya polkovnigi. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni(2022). U Buchadagi qirgʻinni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 64-gvardiya motooʻqotar brigadasiga rahbarlik qilgan. Qirgʻinlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Buchadagi qirgʻinda ishtirok etgani uchun u Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar tomonidan xalqaro sanksiyalarga uchragan. Biografiyasi 1983-yil 17-sentyabrda O‘zbekiston SSR Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Nukus shahrida tugʻilgan. 2000-yilda Novosibirsk viloyati Kupino shahridagi 2-sonli litseyni tamomlagan. Litseydan soʻngra Chelyabinsk tank bilim yuritini tamomlagan. 2021-yil noyabr oyida u Rus pravoslav cherkovining eʼtiboriga tushgan.

Omurbekov keng jamoatchilikka Ukraina fuqarolik jurnalistikasi InformNapalm veb-sayti ofitserning iziga tushib, uning koʻp maʼlumotlarini eʼlon qilganidan soʻng maʼlum boʻlgan. InformNapalm xabariga koʻra, Omurbekov 40 yoshli podpolkovnik boʻlib, Bucha uchun janglarda rus qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Omurbekovning bir qancha hamkasblari uning buyruqlarini tasdiqlashganref name="автоссылка1" />.

Internet nashrlaridan birining tergoviga koʻra, Azatbek Omurbekov jang qilishni istamagan askarlarni jangga kirishga majburlagan, ularni qatl qilish bilan qoʻrqitgan, shuningdek, brigadasining mavjud boʻlmagan muvaffaqiyatlari haqida qoʻmondonlikka yolgʻon maʼlumotlarni yetkazgan.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 2022-yil 4-aprel kuni Buchaga tashrif buyurgan. Keyin u rus qoʻshinlari sodir etgani aytilayotgan harbiy jinoyatlar haqida gapirgan. Taxminlarga koʻra, Omurbekov qoʻmondonligidagi qoʻshinlar qurolsiz tinch aholini oʻldirgan, ayollar va bolalarni zoʻrlagan. Rus qoʻshinlari shaharni tark etgach, u yerda ommaviy qabrlar topilgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2022-yildagi yopiq farmoni bilan „Harbiy burchni bajarishda koʻrsatgan jasorat va qahramonligi uchun“ unga Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilgan.

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:17-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Nukusda tugʻilganlar