Qasim Awezov (; 1897-yil, Besjap (Bessarıjap), Chimboy tumani, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1938-yil 13-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Qoraqalpoq, ishanning oʻgʻli, davlat arbobi, shoir, dramaturg. „Tong nuri“ („Tań nurı“) Qoraqalpoq xalq teatri asoschisi. Qoraqalpoq dramaturgiyasi janrining rivojlanishiga Qasim Awezov asos solgan. Hayoti Qasim Awezov 1897-yilda kambagʻal oilada tugʻilgan. 13 yoshidan boshlab ota-onasi uni madrasaga „Maxtum-oxun“ga oʻqishga yuborishadi, ota-onasi oʻqish uchun pul toʻlay olmagani uchun u madrasa egasiga mardikor boʻlib ishlaydi. 1915-yilda Rahmatulloh Oxun madrasasida oʻqishni davom ettirdi.
Sovet hokimiyatining kelishi bilan Qasim Awezov ixtiyoriy ravishda yangi sotsialistik jamiyatni barpo etishda faol ishtirok eta boshladi.
1921-yilda qishloq ijroiya qoʻmitasida kotib, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
1921-yilda Qasim Awezov oʻqituvchilar tayyorlash kursini (To‘rtko‘lda) tugatdi. Chimboy tumanidagi bolalar internatining mudiri boʻlib ishladi.
1922–1924-yillarda Qosim Avezov oʻz safdoshlari Qozi Maulik va Seyfulg‘abit Majitov bilan birgalikda yangi maktab ochdi, xalqqa tushunarli tilda yangi darsliklar yaratishga kirishdi.
1923-yilda Qasim Awezov Samarqand viloyat partiya xodimlari maktabida oʻqishni tugatdi.
Uni 1924-yilda tugatib, u yerda dastlab inspektor, 1924-yil dekabrdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi boʻlib ishladi. Teatr sanʼati rivojiga har tomonlama hissa qoʻshgan.
1924–1925-yillarda Qoraqalpoq davlat xalq maorifi boʻlimi mudiri, 1925-yil apreldan 1929-yil martgacha Qoraqalpoq davlat Ijroiya qoʻmitasi raisi, 1929-yil apreldan Qozogʻiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Markaziy maʼmuriy boshqarmasi boshligʻi, 1929-yil avgustdan 1930-yil sentyabrgacha KASSR Ichki ishlar xalq komissarligi; 1930-yil sentyabrdan 1931-yilgacha Qoraqalpogʻistonning SSSR hukumatidagi doimiy vakili(Moskvada), 1931-1932-yillarda – Qoraqalpogʻiston davlat partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi, 1932-yil 20-martda Qoraqalpogʻiston Muxtor okrugi Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasiga (Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) aylantirildiKarakalpakskaya Avtonomnaya Sovetskaya Sotsialisticheskaya Respublika – Ensiklopediya va Qasim Awezov Qoraqalpogʻiston Sotsialistik respublikasi (1932-yildan 1934-yilgacha) Muxtor Soveti Xalq Komissarlari Sovetining birinchi raisi etib tayinlandi. 1933-yil 25-aprelda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy byurosi va Oʻlka partiya qoʻmitasi qarori bilan Qasim Awezov oʻz lavozimidan chetlashtirildi.
1935-yildan 1936-yil apreligacha – Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi huzuridagi Qoraqalpogʻistonning Moskvadagi doimiy vakili, 1936-yil apreldan 1937-yil aprelgacha – SSSR Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi Sanʼat qoʻmitasining KAASSR boʻyicha komissari, 1937-yil aprel oyida Qoraqalpogʻiston Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi sanʼat boʻlimiga rais etib tayinlanadi.
1937-yil sentyabr oyida u millatchi-burjua partiyasi tashkilotchisi sifatida hibsga olindi va „xalq dushmani“ sifatida qatagʻon qilindi.
1938-yil oktyabr oyida u oʻlimga hukm qilindi. 1958-yilda vafotidan keyin toʻliq reabilitatsiya qilingan.
Oilasi Xotini Fotima Awezova.
Xotirasini abadiylashtirish Quyidagilar Qasim Awezov nomi bilan atalgan: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanidagi jamoat xoʻjaligi (bivshiy sovxoz)Bolshaya sovetskaya ensiklopediya – yusupov ibragim (O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani); parrandachilik fermasi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Qoraqalpoq dramaturglari Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:13-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Toʻrtkoʻlda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:Sovet yozuvchilari