Bahrom Haydarov (; 4-mart, 1978-yil, Fargʻona) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida musoboqada qatnashgan.
Faoliyati Bahrom futbolchilik foaliyatini 1997-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasida boshlagan. Qoʻqon jamoasida uch mavsum davomida oʻynagach, 2000-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasi oʻtgan. Qarshi jamoasi tarkibida bir necha yaxshi mavsumlarni oʻtkazdi va 2000-yilda Oʻzbekiston Terma jamoasi tarkibida oʻz debyutini amalga oshirdi. 2001-yilgi mavsumda AFC Chempionlar kubogida Nasaf jamoasining yarim final bosqichiga qadar yetib borishida katta ishni bajardi. 2003-yilgi mavsumda „Nasaf“ jamosi bilan ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib bordi, ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga imkoniyatni boy bergan. 2004-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamosiga oʻtdi va ikki mavsum davomida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2007-yilgi mavsumda Qarshiga, „Nasaf“ jamoasiga qaytdi va 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2008-yilgi mavsumda Qashqadaryoning boshqa bir jamoasi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi taklifini qabul qildi va ikki mavsum davomida konchilar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2011-yilgi „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Murabbiylik faoliyatini 2013-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi oʻrinbosarlar jamoasining murabbiyi sifatida boshladi va jamoaning 2018-yilgi mavsumgacha bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasining asosiy jamoaning bosh murabbiy sifatida tayinlandiБаҳром Ҳайдаров «Нефтчи» бош мураббийи. 2019-yilgi mavsumda qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiylikdan ozod etildi. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan va ikki mavsum davomida jamoada faoliyat olib bordi. 2021-yilgi mavsum soʻnggida Termiz jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgan.
Yutuqlar
AFC Osiyo Chempionlar ligasi 2002: 4-oʻrin Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2004 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2001 Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin: 2003, 2005
Manbalar
Havolalar Bahrom Haydarov OʻzPFL saytida futbolchi profili Bahrom Haydarov OʻzPFL saytida futbolchi profili Bahrom Haydarov Transfermarkt saytida futbolchi profili Bahrom Haydarov Worldfootball saytida futbolchi profili Bahrom Haydarov Footballfacts saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona viloyati kishilari Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar