Akulov Timur Yuryevich (25-aprel 1953-yil, Yangiyoʻl – 2-may 2018-yil, Qozon) – davlat va siyosat arbobi. 2012-yil 19-iyuldan Tatariston Respublikasidan VI chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati, Rossiya parlamentidagi Mudofaa qoʻmitasi aʼzosi. Ilgari Tatariston maʼmuriyatida turli lavozimlarda ishlagan.
Biografiyasi Timur Akulov 1953-yil 25-aprelda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini 1970-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Kalinin nomidagi kolxozda boshlagan.
Sovet Armiyasi safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Keyin Leningraddagi Orjonikidze nomidagi Boltiqboʻyi kemasozlik zavodida kema montajchisi boʻlib ishlagan.
1974-yilda Timur Aqulov Leningrad davlat universitetining Sharq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1979-yilda esa bu universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Sharqshunos-tarixchi mutaxassisligini olgan.
Universitetni bitirganidan soʻng 1979—1982-yillarda Yaman Xalq Demokratik Respublikasida harbiy tarjimon boʻlib ishlagan.
1982-yilda ilmiy kutubxona xodimi boʻlgan.
1983-yilda Qozon davlat universitetida assistent lavozimini egallagan hamda u yerda 1991-yilgacha ishlagan. 1988—1991-yillarda Adan shahridagi (Yaman Respublikasi) Ijtimoiy fanlar institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
1991-yilda Tatariston Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. 1994-yilda esa lavozimi Tatariston Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi darajasiga koʻtarilgan.
1995-yilda Timur Akulov Tatariston Respublikasi Prezidentining Tashqi aloqalar departamenti direktori boʻlgan. 2010-yil mart oyida u Tatariston Respublikasi Prezidentining tashqi aloqalar departamenti direktori lavozimini egallagan. 2011-yil mart oyida esa Tatariston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlangan.
2011-yilda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga saylangan. Davlat Dumasi deputati sifatida u chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha hukumat komissiyasining aʼzosi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining taʼsis etuvchi sub’ektlarining Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahat kengashining aʼzosi boʻlgan.
Timur Akulov 2018-yil 2-may kuni Qozon shahrida vafot etdi.
Shaxsiy hayoti Timur Akuluv turmush qurgan. Ikki nafar oʻgʻli va bitta nabirasi bor.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Rossiyalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar