Viktor Sarianidi (; ; 1929-yil 23-sentyabrda tugʻilgan, 2013-yil 22-dekabrda vafot etgan) — Sovet arxeologi. U 1976-yilda Qoraqum choʻlida bronza davri madaniyati qoldiqlarini topgan. Madaniyat Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasi nomi bilan mashhur boʻlgan. Sovet va Rossiyalik arxeolog, tarix fanlari doktori1975-yilda „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasi qoʻshimchalar bilan „Afgʻonistonning qadimgi dehqonlari“ nomi ostida nashr etilgan. 1969-1974-yillar Sovet-Afgʻon ekspeditsiyasi materiallari.".

Hayoti U 1929-yil 23-sentabrda Toshkentda Pontika yunonlari oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Ioannis va Afina Sarianidi 1920-yillarda Ukrainaning Yalta shahridan Toshkent shahriga koʻchib kelishgan. Sarianidi 1952-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Keyinchalik 1961-yilda Moskvadagi Sovet Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutida magistrlik darajasiga erishgan. U 1975-yilda „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyin Arxeologiya instituti xodimlariga qatoriga qoʻshilgan va institutda butun faoliyatini shu yerda davom ettiradi. 1996-yilda Viktor Gretsiyaga koʻchib oʻtadi. Viktor Sarianidi 2013-yil 22-dekabrga oʻtar kechasi Moskvada vafot etgan.

Faoliyati Viktor Sarianidi talabalik davridayoq, 1949-yilda Mikhail Masson rahbarligida Turkmaniston arxeologik yodgorliklarida izlanishlar olib borishadi. 1952-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tamomlagach, Samarqanddagi Tarix muzeyiga ishga kiradi va ikki yil shu yerda ishlaydi. Sarianidi Tohirbey, Yaz Depe (1955-1956), Togolok (1970-yillar) yodgorliklarini qazishda ishtirok etgan. U 1974-yildan Margʻiyona (yoki Margʻush) madaniyatini aniqlashga olib kelgan qazishma ishlariga rahbarlik qilgan. 1990-yilda esa bronza va ilk temir davriga oid 200 dan ortiq manzilgohlar topilgan. Manzilgohlarning eng asosiysi miloddan avvalgi III ming yillikning oxirida barpo etilib, miloddan avvalgi 1600-yillargacha davom etgan poytaxt Gonurtepa edi.

Manbalar

Turkum:Toshkentlik kishilar Turkum:Arxeologlar