Viktor Orlovskiy (1974-yil 12-aprel, Toshkent) – rossiyalik investor va tadbirkor. Fort Ross Ventures kompaniyasi asoschisi.

Biografiyasi

Hayotning boshlangʻich davri Viktor Orlovskiy 1974-yil 12-aprelda Toshkentda tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent aloqa elektrotexnika institutini „Avtomatik elektr aloqasi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2001- yilda esa Moskva davlat iqtisodiyot, statistika va informatika universitetini „Moliya va kredit“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Shuningdek u Angliyaning Uorvik universitetida MBA dasturi boʻyicha tahsil olgan.

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:12-aprelda tugʻilganlar Turkum:Tadbirkorlar