Al-Saray masjidi (), Hasan Posho masjidi yoki Al-Nasr li-Din Alloh masjidi nomi bilan ham tanilgan, Iroqning Bagʻdod shahrida, al-Rusafa tumanining janubida joylashgan tarixiy sunniy islomiy masjiddir. Masjid birinchi marta milodiy 1193-yilda 34-abbosiy xalifa an-Nosir tomonidan qurilganHudu, Mujid. تذكرة الاولياء. p.356.Ruuf, Abdussalam. جريدة البلد البغدادية. 1966.. Masjid, shuningdek, „Qirol masjidi“ deb ham atalgan, chunki u yerda qirollik davrida qadimgi Iroq qirollari namoz oʻqigan.

Tarixi Masjid birinchi marta Abbosiylar xalifasi an-Nosirning buyrugʻiga koʻra, Bob al-Sultonga (hozirgi Bob al-Muazzam deb ataladi) yaqin boʻlgan „Suuq al-Sulton hududi“ deb nomlangan hududda qurilgan. Masjid haqida islom tarixchisi Sibt ibn al-Javziy oʻz asarlarida yozib oʻtgan. Xalifa an-Nosir vafotidan keyingi yili uning oʻgʻli az-Zohir xalifalik unvonini egallagan va masjidda kutubxona qurdirgan, shuningdek, masjidga koʻplab Qurʼon naʼmularini keltirgan. Boburiylar Bagʻdodni qamal qilgandan keyin ham masjid muhim inshoot sifatida qolgan va buning isbotini Ibn al-Fuvatiyning bir paytlar masjidda imom boʻlgani haqida yozilgan asarida koʻrish mumkin. left|thumb| Birinchi jahon urushi davrida masjid Usmonlilar Bagʻdodni bosib olgach, Sulton Sulaymon 1533-yilda masjidni rekonstruksiya qildirgan. 1683-yilda Usmonli Sadr Vaziri Ibrohim Posho masjidni hamda Sayid Sulton Ali masjidini ikkinchi marta qayta taʼmirlattiradi. Oradan bir asr oʻtib, 1704-1723-yillar oraligʻida oʻsha paytdagi Bagʻdod Eyaleti hokimi va Iroqning Mamluklar sulolasining asoschisi Hasan Posho masjidni hozirgi keng koʻrinishida rekonstruksiya qildiradi va oʻzining sharafiga Yangi Hasan Posho masjidi deb nomlaydi. Bu vaqtda masjid Bagʻdodiy hukumat saroyining roʻparasida joylashgan edi. Bu al-Rusafaning eng mashhur masjidlaridan biri boʻlib, madrasa, shuningdek, ingichka gumbazlar va baland minorani ham oʻz ichiga olgan. Iroq Qirolligi mustaqillikka erishgandan soʻng, bir qancha kichik oʻzgarishlar va rekonstruksiyalar amalga oshirilgan, jumladan, uning orqasidagi xiyobonga olib boradigan eshiklaridan biri yopilgan va undagi oʻquv boʻlimi faoliyati tugatilgan. Bugungi kunda masjid al-Qushla yaqinida joylashgan boʻlib, bir paytlar masjid „Podshoh masjidi“ nomi bilan ham atalgan, chunki qirollik davrida Iroqning barcha podshohlari shu yerda namoz oʻqigan.

Tavsifi thumb|305x305px|Darvoza

Tuzilishi Masjid Usmoniylar davridagi muhim maʼmuriy bino boʻlgan, shuningdek, al-Qushlaning bir qismi sifatida ham tanilgan Dar Divoni al-Hakumiya qarshisida joylashgan. Usmonlilar davrida Bagʻdod vaziri Hasan Posho oʻz idorasi davrida kengayish loyihasini amalga oshirgan va bir qancha yangi obyektlar bunyod etilgan. Bu davrda oʻnta qoʻshimcha gumbaz, bezak va yozuvlari boʻlmagan toʻrtta markaziy ustun shuningdek koshinli minora ham qoʻshilganتاريخ مساجد بغداد وآثارها – تأليف السيد محمود شكري الآلوسي وتهذيب محمد بهجة الأثري – مطبعة دار السلام في بغداد-. pp.31-32.. Masjidning maydoni taxminan 3000 kvadrat metr boʻlib, oʻzida 300 nafarga yaqin namozxonni sigʻdira oladi.

Ichki tuzilishi va eshiklari Hovli ichida yoz kunlarida namoz oʻqish uchun yozgi namozgoh, chap tomonida esa qish kunlarida namoz oʻqish uchun qishki namozgoh mavjud. Masjid ichida madrasa ham bor. Masjidning beshta darvozasi boʻlib, ularning barchasi juma va hayit namozlari kabi jamoat tadbirlari vaqtida toʻliq ochiq boʻladiكتاب دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية – ديوان الوقف السني في العراق. p.38..

Yana qarang

Haydarxon masjidi Iroqda islom Bagʻdoddagi masjidlar roʻyxati Iroqdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar Turkum:13-asr masjidlari Turkum:Gumbazli masjidlar