alt=Urjunsev Konstantin Isaakovich|thumb| Urjuntsev Konstantin Isaakovich Konstantin Isaakovich Urjunsev (1908-yil 24-dekabr, Toshkent – 1977-yil 4-mart, Kiyev) – Sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ulugʻ Vatan urushi yillarida, 171-chi gvardiya bombardimonchi aviatsiya polkining eskadron komandiri. 18-havo armiyasining gvardiya mayori. Tu-4 bombardimonchi samolyoti ekipaji qoʻmondoni, birinchi boʻlib yadroviy qurolni portlatish bilan shugʻullangan.
Biografiyasi Konstantin Urjunsev 1908-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. 1931-yildan KPSS aʼzosi. U oʻrta maktabning yetti sinfini tamomlagan. Konstantin 1930-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Kichik aviatsiya mutaxassislari maktabini, 1936-yilda Odessa harbiy uchuvchilar maktabini tamomlagan. Sovet-fin urushi qatnashchisi.
Konstantin Isaakovich 1941-yil avgustdan Ulugʻ Vatan urushi janglarida qatnashgan. 1945-yil may oyiga kelib fashist qoʻshinlarini bombardimon qilish uchun 208 marta parvoz qilgan va dushmanga katta zarar yetkazgan.
1948-yil 23-fevralda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, gvardiyaning jasorati va qahramonligi uchun mayor Konstantin Isaakovich Urjuntsev Lenin ordeni, „Zolotaya Zvezda“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanganКуликов С. М. Авиация и ядерные испытания. — М.: ЦНИИатоминформ, 1998. — С. 62—66. — 176 с. — (Документальная литература). — ISBN 5-85165-449-X.
Urjunsev 1948-yilda Oliy Ofitserlik uchish taktikasi maktabini tamomlagan. Shundan soʻng Qrimdagi 71-maxsus poligonga xizmatga oʻtkazilganНаграждён «За успешное испытание ядерной бомбы».
Podpolkovnik Urjunsev 1955-yil 24-iyuldan beri zaxirada. U „Stroydormash“ zavodida sifat nazoratchisi boʻlib ishlagan. Kiyevda yashagan va 1977-yil 4-martda vafot etgan. Kiyevdagi Lukyanovskoe harbiy qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlar Konstantin Urjunsev 1940-yil „Jasurlik uchun“, 1944-yil „Jangovor xizmatlari uchun“, „Leningrad mudofaasi uchun“ va 1943-yil „Stalingrad mudofaasi uchun“ medallari bilan taqdirlangan.
Xotirasi Bixov shahridagi Qahramonlar maydoniga Urjuntsevga atab byust oʻrnatilgan.
Manbalar
Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 25 yilligi nishoni sohiblari Turkum:Kenigsbergni ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Stalingrad mudofaasi uchun medali sohiblari Turkum:Moskva mudofaasi uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:Kiyevda vafot etganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:4-martda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1908-yilda tugʻilganlar Turkum:24-dekabrda tugʻilganlar