München, yoki Myunxen – Germaniyaning Bavariya yeridagi shahardir. 1,5 aholi bilan shahar Bavariyaning eng yirik shahri va Germaniyadagi uchinchi eng yirik aholi punkti hisoblanadi. Shaharda har bir kvadrat-kilometrga 4.868 kishi toʻgʻri keladi va shahar Germaniyaning eng aholi zich yashovchi shahri hisoblanadi. München maʼmuriy jihatdan Bavariya mustaqil shahar hisoblanadi. Shahar tahminan 6,2 million kishi istiqomat qiluvchi München metropoliten hududining markazini tashkil qiladi. Global shahar hisoblangan München muhim madaniyat, siyosat, ilm-fan va media markazlaridan biridir.
Shaharda Bavariya parlamenti, Bavariya yeri hokimiyati, shaharni oʻrab turuvchi München tumani maʼmuriy hokimiyati joylashgan boʻlib, shuningdek shahar Bavariyaning yuqori Bavariya tumani markazi hamdir. Shuningdek shaharda bie necha federal hokimiyat va sud organlari, boshqa yerlar organlari va xalqaro organlar mavjud.
Manbalar
Turkum:Bavariya shaharlari