Zeyrek masjidi () yoki Pantokrator monastiri (; ) – Istanbul shahri, Fotih tumani, Zeyrek mahallasida joylashgan katta masjid. Bino ikkita sobiq Vizantiya cherkovi va ibodatxonasidan iborat boʻlib, Konstantinopoldagi Oʻrta Vizantiya imperiyasi meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Zeyrek masjidi Istanbuldagi Sofiya ibodatxonasidan keyingi Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan eng katta diniy obida hisoblanadi.

Dastlab Pantokrator monastiri boʻlgan ushbu bino keyinchalik masjidga aylantirilgan boʻlib, Eski Imaret masjididan deyarli 1 km janubi-sharqda joylashgan.

Majmuaning sharqida Usmonli Konak uyi joylashgan boʻlib, bino bir qancha vaqtdan keyin qayta tiklangan va unga Zeyrekhane nomi berilgan. Hozirda ushbu binodan restoran va bogʻ sifatida foydalaniladi.

Tarixi

Vizantiya imperiyasi davrida 1118—1124-yillar orasida Vengriya imperatori Irene Pantokrator (Qudratli Masih)ga bagʻishlab monastir qurdirganKrautheimer (1986), p. 409. Monastir cherkov (monastirning katolik yoki asosiy cherkoviga aylanganOusterhout (2001), p. 133), kutubxona va kasalxonadan iborat boʻlganGülersoy (1976), p. 213.

Xotinining oʻlimidan soʻng, yaʼni 1134-yildan koʻp oʻtmay, imperator John II Komnenos Theotokos Eleousa (Xudoning mehribon onasi)ga bagʻishlab yana bir cherkov qurdirgan. Ushbu bino bundan oldingi cherkovning shimolida bunyod etilgan. Cherkov aholi uchun ochiq boʻlib, u yerda oddiy ruhoniylar xizmat qilganOusterhout (2001), p. 133. 1136-yilga kelib, binoning janubiy qismida hovli va eksonarteks qurib bitkazilgan hamda ikkita ziyoratgoh Avliyo Mikoilga bagʻishlangan ibodatxona bilan birlashtirib yuborilganMathews (1976), p. 71. Keyinchalik, yodgorlik Komninlar va Paleologlar sulolasi imperatori maqbarasiga aylantirilganKrautheimer (1986), p. 409. Maqbarada Vizantiyaning koʻplab taniqli shaxslaridan tashqari, imperator John II, uning rafiqasi Eirene, Manuel I Komnenosning rafiqasi Bertha Sulzbach (shuningdek, Eirene nomi bilan ham tanilgan) ham dafn etilganGülersoy (1976), p. 213.

1204-yildagi toʻrtinchi salib yurishidan keyin mamlakatda lotinlar hukmronligi davrida majmua venetsiyalik ruhoniylar qoʻliga oʻtgan va bu yerda Theotokos Hodegetrianing ikonasi mavjud boʻlganVan Millingen (1912), p. 227. Monastirdan, shuningdek, oxirgi Lotin imperatori Baldwin tomonidan imperator saroyi sifatida foydalanilgan.

Paleologlar tomonidan qayta tiklanganidan soʻng, monastir yana pravoslav rohiblari qoʻliga oʻtgan.

Usmonlilar imperiyasi davrida thumb|300x300px| Masjidning ichki qismi, ilgari Xristian Pantokrator cherkovi deb nomlangan. Konstantinopolning fathidan koʻp oʻtmay, cherkov masjidga aylantirilgan, monastir esa bir muddat madrasa sifatida xizmat qilganEyice (1955), p. 58. Usmonlilar imperiyasi masjidni olim Molla Zeyrek nomi bilan atagan. Biroq Vizantiya imperiyasi tarixidagi yuqori ahamiyati tufayli bino Konstantinopolning kam sonli binolaridan biri hisoblanadi, shu sababdan uning eski nomi ham hech qachon unutilmagan. Yodgorlik toʻgʻrisida unga tashrif buyurgan koʻplab mehmonlar, jumladan, fransuz sayyohi Pierre Gilles Konstantinopol haqida yozgan kitobida bir qancha maʼlumotlar keltirib oʻtgan.

1471-yilda Fotih masjididagi madrasalar qurib bitkazilgandan keyin musulmon talabalar Zeyrek masjidini tark etishganAhunbay (2001), p. 118.

XXI asr boshlariga kelib, bino vayronaga aylangan, shu sababli ham keyinchalik UNESCOning yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

Masjidda keng koʻlamli restavratsiya ishlari olib borilgach, masjid yana namoz oʻquvchilar uchun ochib qoʻyilganAhunbay (2001), passim.thumb|300x300px| Imperator ibodatxonasining apsidasi

Masjid yaqinida Shayh Sulaymon masjidi joylashgan boʻlib, bino Pantokrator monastiriga tegishli boʻlishi mumkin degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, u yerda kutubxona ham joylashgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud, ammo bu haqida ham aniq manbalar mavjud emas.

Umuman olganda, majmua Istanbulda saqlanib qolgan Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadiKrautheimer (1986), p. 409.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Byzantium 1200 | Pantokrator Monastery Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar