Ella Aleksandrovna Pamfilova (12-sentyabr 1953-yil, Olmaliq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) sovet va rus siyosatchisi, davlat arbobi. 2016-yil 28-martdan Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi. 2016-yil 3-martdan Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi.

Ella Pamfilova 1989–1991-yillda SSSR xalq deputati boʻlgan. 1994–1999-yillar oraligʻida I va II chaqiriq Davlat Dumasida deputat lavozimida faoliyat olib borgan. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi inson huquqlari boʻyicha komissiya raisi (2002–2004). Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlari va inson huquqlarini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha Kengash raisi (2004–2010). Rossiya Federatsiyasida inson huquqlari boʻyicha vakil (2014-2016).

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli Ella Pamfilova Yevropa ittifoqi, Birlashgan Qirollik, AQSh, Kanada, Shveysariya va Ukrainaning barcha mamlakatlarining xalqaro sanksiyalari ostida qolgan.

Tarjimai holi Ella Aleksandrovna 1953-yil 12-sentyabrda Toshkent viloyatining (Oʻzbekiston SSR) Olmaliq shahrida tavallud topgan. Bolaligi va yoshligini shu yerda oʻtkazgan.

1976-yilda Moskva energetika institutini elektron texnika muhandisi mutaxassisligi boʻyicha bitirgan.

Pamfilova 1976–1986-yillarda „Mosenergo“ ishlab chiqarish birlashmasining Markaziy taʼmirlash-mexanika zavodida usta va muhandis-texnolog boʻlib ishlagan.

Pamfilova 1985-yil apreldan 1990-yil iyulgacha qayta qurish davrida KPSS aʼzosi boʻlgan. „Mosenergo“ partiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1990-yilda partiyadan chiqqanidan soʻng, mintaqalararo deputatlar guruhiga qoʻshildi. Bu guruhda Andrey Saxarov va Boris Yeltsin ham bor edi.

Ella 1986-yil oktyabrdan 1989-yil avgustgacha „Mosenergo“ kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi boʻlgan.

2001-yil mart oyida fuqarolik qadr-qimmati harakati raisi etib saylandi.

Pamfilova 2001-yilda Butunrossiya fuqarolik forumining hamkor tashkilotchisi boʻlib, uning maqsadlaridan biri prezident maʼmuriyati va inson huquqlari hamjamiyati oʻrtasida aloqa oʻrnatish edi.

Manbalar

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:Olmaliqda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:12-sentyabrda tugʻilganlar