Javier Milei (; 1970-yil 22-oktyabr, Buenos Ayres, Argentina) — argentinalik siyosat va davlat arbobi, iqtisodchi, tadbirkor. 2023-yilning 20-noyabridan Argentinaning saylangan prezidenti. Libertarianlardan chiqqan tarixdagi birinchi prezident. 2019-yildan „La Libertad Avanza“ siyosiy koalitsiyasi yetakchisi. 2021-yildan Buenos Ayres Deputatlar palatasi aʼzosi.

Siyosatga kirib kelguniga qadar iqtisodchi hamda iqtisod va siyosatga oid koʻplab kitoblar muallifi sifatida tanilgan. U iqtisodda Avstriya maktabi tarafdori. Fiksal siyosat olib borgani tufayli avvalgi davrlardagi Argentina hukumatlarini tanqid qilgan va davlat xarajatlari kamayishi tarafdori boʻlgan. Makroiqtisodiyot, iqtisodiy oʻsish, mikroiqtisodiyot va iqtisodchilar uchun matematika kurslari boʻyicha unversitetda dars bergan. Tarjimai holi Javier Milei 1970-yil 22-oktyabrda Buenos Ayresning Palermo tumanida kelib chiqishi italiyalik boʻlgan oilada tugʻilgan. Otasi — Norberto Horacio Milei — avtobus haydovchisi boʻlib ishlagan, onasi — Alicia Luján Lucich — uy bekasi.

Javier Milei „Cardinal Copello“ oʻrta maktabida oʻqigan. 1989-yilgacha „Chacarita Juniors“ futbol klubida darvozabon ampluasida oʻynagan. Shuningdek, asosan The Rolling Stones guruhining qoʻshiqlarini kover tarzida kuylagan „Everest“ guruhi tarkibida qoʻshiq ham kuylagan.

Manbalar

Turkum:22-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Buenos Ayresda tugʻilganlar Turkum:Argentina prezidentlari Turkum:Argentinalik akademiklar