„Arab tangosi“ (, Ya zahraten fi xayali; tarjimasi: Mening nurli orzularim) – sovet davri oʻzbek qoʻshiqchisi Botir Zokirov tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq Botir Zokirovni jahon ommasiga tanitgani alohida eʼtirof etib kelinadi. U ilk bor Farid al-Atrash tomonidan ijro etilgan.
Qoʻshiq tarixi Qoʻshiq ilk bor 1947-yilda Suriyalik hamda misrlik qoʻshiqchi Farid al-Atrash tomonidan „Habibal-’umr“ – „Hayotim sevgisi“ filmida kuylangan. „Ya zahraten fi xayali“ qoʻshigʻi keyinchalik shu nomdagi film uchun asos boʻlgan. Bu ayni paytda Atrash rol ijro etgan eng soʻnggi filmdir. Filmni suratga olish jarayonlari 1974-yilda boʻlib oʻtib, film namoyishi Atrashning vafotidan keyin – 1975-yil 25-yanvar kuni amalga oshirilgan.
Botir Zokirov Sharq ijrochilik anaʼanalariga qiziqqanligi sababli bu qoʻshiqni ijro etgani aytiladi. Qoʻshiq 1957-yil Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek dekadasida Botir Zokirov tomonidan ilk bor kuylangan. Qoʻshiq 1959-yili tasmaga yozib olingan. „Arab tangosi“ nomi bilan tanilgan qoʻshiq xonandani koʻpgina davlatlarda mashhur qilib, koʻp yillar davomida uning oʻziga xos „tashrif qogʻozi“ ham boʻlib kelgan.
Manbalar
Turkum:1959-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Botir Zokirov qoʻshiqlari