Valijon Alijonovich Rahimov (; 16-fevral 1995-yil, Urganch) – oʻzbek futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Namanganning „Navbahor“ klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Valijon Rahimov Xorazm futboli tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini „Xorazm“ klubida boshlagan va keyinchalik 2014-yildan „Paxtakor“ yoshlar tizimida faoliyatini davom ettirgan. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Lokomotiv“ jamoasining farm jamoasi „Lokomotiv BFK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Turkiyaning quyi liga jamoalaridan biri „Sultanorhanspor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Sultanorhanspor jamoasida yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng „1920 Maras Spor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2019-yilgi, yangi mavsum oldidan Valijon oʻzining Turkiyadagi uchinchi jamoasi „Cayirova Spor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Cayirova Spor“ jamoasida bir mavsum davomida oʻynadi va 2020-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytdi. 2020-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Superligasining yetakchi jamoalaridan biri, Olmaliqning „OKMK“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Dastlabki mavsumidayoq AFC Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoaning asosiy darvozabonlaridan biriga aylandi. 2024-yil yanvar oyida „OKMK“ jamoasi bilan shartnomnasini ikki yil muddatga uzaytirgan.
Milliy terma jamoa Valijon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2021-yil 9-oktyabrda Malaziyaga qarshi oʻyinda Srečko Katanec murabbiyligi davrida ilk bor debyut qildi.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2020, 2023 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2024 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2020, 2021
Manbalar
Havolalar
Valijon Rahimov OʻzPFL saytida futbolchi profili Valijon Rahimov Soccerway saytida futbolchi profili Valijon Rahimov Transfermarkt saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv BFK futbolchilari Turkum:1920 Maraşspor klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari