Kaspi.kz – Qozogʻistonning „yagona shox“ texnologiya kompaniyasi boʻlib, „Kaspi Magazin“ MChJ, „Kaspi Bank“ AJ, „Kaspi Pay“ MChJ va „Kaspi Travel“ MChJlarni oʻz ichiga oladi.

2020-yilda kompaniya Yevropa va Yevrosiyodagi eng tez rivojlanayotgan IT-moliya tashkilotlaridan biriga, Qozogʻiston moliya bozorida yetakchi oʻyinchiga aylandi.

Kaspi.kz innovatsiyalari respublikaning raqamli transformatsiyasiga va uning investitsion jozibadorligini oshirishga katta hissa qoʻshmoqda. Kaspi.kz tajribasi Harvardda oʻrganilmoqda.

Biznes tizimi Kaspi.kz onlayn toʻlovlar va P2P oʻtkazmalari, shaxsiy mablagʻlarni boshqarish va yetkazib berish bilan onlayn xaridlar xizmatlarini birlashtiradi. Kompaniya uchta platformada – toʻlovlar, marketpleys va fintex yoʻnalishlarida ishlaydi. Bu yoʻnalishlar bir nomdagi mobil ilovaga integratsiyalashgan.

2020-yil dunyoda Xitoyning WeChat va AQShning WhatsApp ilovalaridan keyin foydalanuvchilarni jalb qilish boʻyicha uchinchi oʻrinni egalladi.

Qozogʻiston IT-sanoati mutaxassislari Kaspi.kz ni nafaqat Qozogʻiston, balki jahondagi muvaffaqiyatli moliyaviy biznes ekotizimining namunasi va multiplikatsiya qilinishi kerak boʻlgan yutuq deb hisoblaydi.

Toʻlovlar 2019-yilda mobil ilova va QR texnologiyasidan foydalangan holda isteʼmolchilar va sotuvchilar oʻrtasida tezkor P2P oʻtkazmalarini joʻnatish va qabul qilish imkonini beruvchi toʻlov tarmogʻi ishga tushirildi.

2020-yilning 9 oyi davomida Kaspi.kz orqali 15,2 trillion tengega teng 1,6 milliard toʻlov amalga oshirildi, shundan 19,1 millionni byudjetga oʻtkazmalar tashkil qiladi.

2020-yil iyul oyida Kaspi.kz Milliy intellektual mulk institutidan patent olgan holda mobil ilova va kartomat yordamida toʻlov kartalarini chiqarish texnologiyasi va algoritmiga egalik huquqini kafolatladi. 2020-yil sentyabr oyida Qozogʻiston Respublikasi hududida Kaspi Kartomat ochiq litsenziyasi amalga oshirildi.

Marketpleys 2018-yildan 2022-yilgacha Kaspi.kz Qozogʻiston onlayn savdo maydonchalari TOP KZ Chakana E-Commerce orasida onlayn savdodan tushgan daromad boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi, shuningdek, onlayn savdo bozorining 70% ni egalladi, jami 19 million aholidan 12 million foydalanuvchiga ega.

2017-yilning 17-noyabr kuni Kaspi.kz birinchi marta „Kaspi Juma“ aksiyasini oʻtkazdi va uning doirasida 250 mingta tovar xarid qilish uchun 20 milliard tenge miqdorida isteʼmol kreditlari ajratdi. Aksiya davomida bankning kredit portfeli 2 foizga oshdi. Natijada, 2017-yilda Kaspi Magazin Qozogʻiston maishiy texnika bozorining 60 foizini egalladi.

2020-yil 28-avgustda kompaniya onlayn aviachiptalar sotuvchi Santufei (Kaspi Travel) kompaniyasini sotib oldi.

2020-yilning birinchi yarmida Kaspi.kz platformasi orqali 69 milliard tengelik 900 mingdan ortiq buyurtmalar amalga oshirildi. Yil davomida Kaspi Travel yoʻnalishi 50 barobar oʻsdi.

Fintex Platforma Qozogʻistondagi raqamli bank bozorining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini tashkil etuvchi Kaspi Bankga asoslanadi. Bank chakana bank mahsulotlariga sotishga ixtisoslashgan.

Bankning karta tranzaksiyalari bozoridagi ulushi Visa va Mastercardning umumiy ulushidan qariyb 2,5 baravar koʻp. Kaspi.kz Qozogʻistonda naqd pulsiz toʻlovlar oʻsishining drayveri boʻlib, 2020-yilda oʻsish 120% ni tashkil etdi.

2019-yil noyabr oyida Kaspi.kz rahbari 2020-yilni kichik va oʻrta biznesdagi hamkorlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish yili deb eʼlon qildi, shu bilan birga biznesni onlayn kreditlashni yoʻlga qoʻydi.

Kaspi isteʼmolchilarning kredit riskini baholash uchun algoritmlar va prognoz modellaridan foydalanadigan kredit qarorlarini qabul qilish jarayoni va skoring modelini ishlab chiqdi.

2019-yil oxirida Kaspi Bank oʻz aktivlari va oʻz kapitalidan foydalanish boʻyicha eng samarali boʻldi.

Davlat bilan hamkorligi 2020-yil mart oyida Kaspi.kz favqulodda holat joriy etilishi munosabati bilan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash davlat dasturini amalga oshirishga hamda COVID-19 tufayli ish oʻrinlari va aholi uchun haq toʻlanmaydigan taʼtillarning qisqarishiga hissa qoʻshdi. Kompaniya mobil ilovasida qozogʻistonliklarning qoldirgan arizasi orqali ularga umumiy summasi 4,4 million tenge boʻlgan ijtimoiy nafaqalar hisoblab chiqildi.

Oʻsha yilning oktyabr oyida Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining axborot tizimlari, „E-lisenziyalash“ davlat maʼlumotlar bazasi va Kaspi.kz kompaniya ilovasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlari roʻyxatga olish xizmatini tashkil qilish maqsadida axborot tizimlari integratsiyasi amalga oshirildi. Keyinchalik yakka tartibdagi tadbirkor rekvizitlarini oʻzgartirish imkoniyati ham amalga oshirildi.

2021-yilda kompaniya Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Kaspi.kz mobil ilovasi orqali avtomobillarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmatini yoʻlga qoʻydi. Yana bir yarim yildan soʻng haydovchilik guvohnomasini onlayn almashtirish imkoniyati paydo boʻldi.

2022-yilda ishga tushirilgan bir qator loyihalar Kaspi.kz mijozlariga oʻzlarining elektron hujjatlari: shaxsiy guvohnoma, emlash pasporti, haydovchilik guvohnomasi, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta guvohnomalari nafaqalari va pensiya jamgʻarmalariga xavfsiz va qulay foydalanish imkonini berdi. Bundan tashqari, Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida psixonevrologiya, narkomaniya, sil kasalliklari markazlaridan maʼlumotnomalar olish, bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish imkoniyatlari amalga oshirildi.

2023-yilda Kaspi.kz, Moliya vazirligi va Davlat daromadlari qoʻmitasi tadbirkorlarga bir qurilma ichida tekinga nazorat-kassa mashinasi va POS-terminalni olish imkonini beruvchi Kaspi Kassa xizmatini ishga tushirdi. IIVning Migratsiya xizmati qoʻmitasi, Adliya vazirligi va „IIM“ RDK koʻmagida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish va roʻyxatdan chiqarish imkoniyati ham yaratildi.

Davlat xizmatlari bilan bogʻliq barcha xizmatlar Kaspi.kz tomonidan Qozogʻiston RRIASV bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan.

Boshqaruvi Boshqaruv raisi – Mixail Lomtadze.

Vyacheslav Kim (23,35%), Mixail Lomtadze (24,55%), Baring Vostok jamgʻarmasi (28,8%) Kaspi.kz ning yirik aksiyadorlari hisoblanadi. Shuningdek, 20.18% aksiyalar ommaviy aksiyadorlarga, 3.12% aksiyalar esa kompaniya boshqaruviga tegishli.

IPO 2018-yil 9-noyabr kuni Kaspi.kz mahsulot va xizmatlarining yillik taqdimotida boshqaruv raisi Mixail Lomtadze kompaniyaning London fond birjasida IPO oʻtkazish rejalari haqida maʼlum qildi.

IPO 2020-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtdi va hajmi boʻyicha ikkinchi va 2020-yilda butun Yevropada toʻrtinchi oʻrinda deb eʼtirof etildi.

Dastlabki taklif narxi global depozitar kvitansiyasi (GDR) uchun 33,75 dollar qilib belgilandi.

Taklifning umumiy tranzaksiya hajmi 742 million dollardan 879 million dollargacha boʻlgan, kompaniya oʻzining 1 million dollarlik aksiyalarini 6,5 milliard dollar bozor kapitalizatsiyasiga sotgan. Shundan soʻng kompaniyaning kapitallashuvi 20 milliard dollardan oshdi. Bu Kaspi.kz ni Qozogʻistonning eng qimmat ommaviy kompaniyasigaaylantirdi.

Mutaxassislarning fikricha, Kaspi.kz IPO qozoq banklarini baholash va hududdagi eng muvaffaqiyatli venchur investitsiya uchun etalonga aylandi.

Tarixi Kaspi 2002-yilda qozoq ishbilarmoni Vyacheslav Kim tomonidan tashkil etilgan. Oʻshanda u xususiylashtirilgan Kaspiy bankini sotib olgan. Biroq, haqiqiy oʻzgarishlar 2006-yilda, Rossiyaning eng yirik xususiy kapital jamgʻarmasi Baring Vostok kompaniyaning ulushini sotib olgandan soʻng boshlandi. Bu Mixail Lomtadzening 2007-yilda boshqaruv jamoasiga qoʻshilishiga olib keldi, u Kim bilan birgalikda Kaspini Qozogʻistonning eng yirik fintex kompaniyasiga aylantirdi. Lomtadze texnologiya va xizmat koʻrsatish sohasida raqobat ustunligini koʻrdi, resurslarni qayta taqsimladi, innovatsiyalarga sarmoya kirita boshladi, koʻproq jismoniy filiallar ochdi va depozitlar, kreditlar va kredit kartalari kabi bank mahsulotlarini rivojlantirdi. 2012-yilga kelib, bank 1 milliondan ortiq kartalar emissiya qilgan va bu sektorda Qozogʻistonda yetakchiga aylangan edi.

2008-yil 15-noyabrda rebrending natijasida „Kaspiy Bank“ AJ oʻz nomini „Kaspi Bank“ AJga oʻzgartirdi.

2015-yil 16-sentabrda Qozogʻiston Respublikasi Milliy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-sentabrdagi 166-sonli qarori asosida „kaspi“ aksiyadorlik jamiyatiga „Kaspi Bank“ AJning bank xoldingi (bilvosita) maqomini olishiga rozilik berildi.

2018-yil 2-aprelda „Kaspi“ aksiyadorlik jamiyati Kaspi.kz aksiyadorlik jamiyati deb oʻzgartirildi.

2019-yilning 17-sentyabr kuni Kaspi.kz avtomobillar (Turbo.az), koʻchmas mulk (Bina.az), tovarlar va xizmatlarni (Tap.az) sotish va sotib olish boʻyicha xususiy eʼlonlarni joylashtirish va chop etish boʻyicha onlayn xizmatlarni xarid qilish orqali Ozarbayjon bozoriga kirdi.

2021-yil iyul oyida Kaspi.kz Ukraina bozoriga Portmone Group toʻlov tizimini sotib olish orqali kirdi.Oktyabr oyida Kaspi Ukrainaning BTA Banki (BTA Bank Qozogʻistonning shoʻba banki) uchun oldi-sotdi shartnomasini imzoladi. Bu kompaniyaga mintaqada bank va toʻlov litsenziyalarini, shuningdek, Ukrainada Visa va MasterCard akkreditatsiyasini olish imkonini beradi. Bitim qiymati oshkor etilmagan.

Yutuqlari 2019-yil dekabr oyida Kaspi.kz 35 ta milliy IT-chempionlar roʻyxatiga kiritildi va Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi tomonidan oʻtkazilgan reytingga koʻra „Elektron tijorat va moliya“ sohasida yetakchi 7 ta kompaniya qatoriga kirdi.

2019-yilda Kaspi.kz QAZNET 25 YEARS FORUMda „Eng yaxshi elektron tijorat loyihasi“ va „Eng yaxshi mobil ilova“ deb topildi.

2020-yilda Kaspi.kz sayti Qozogʻiston banklari orasida eng xavfsiz veb-resurslardan biri deb tan olindi.

„Randstad Employer Brand Research 2021“ brendlarining jozibadorligini xalqaro oʻrganish natijalariga koʻra, 2021-yil aprel oyida Kaspi.kz moliya sektoridagi eng yaxshi ish beruvchi deb topildi.

2021-yil 22-sentyabrda „Kazakhstan Growth Forum“ yillik sammitida Kaspi.kz yangi mijozlar tajribasini yaratgani uchun „Yil transformatori“ unvoniga sazovor boʻldi va London fond birjasida muvaffaqiyatli IPO „Yilning eng yaxshi bitimi“ sifatida eʼtirof etildi.

Manbalar

Turkum:Qozogʻistonning moliya kompaniyalari Turkum:London fond birjasida listing qilingan kompaniyalar Turkum:Qozogʻiston fond birjasida listing qilingan kompaniyalar