thumb|300px|Vaxsh daryosining dengiz sathidan balandligini koʻrsatadigan profili. Vaxsh GESlar kaskadining joylashuvi Vaxsh trakti yoki Vaxsh GESlar kaskadi – Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan yirik gidroelektr stansiyalar majmui. Vaxsh daryosida joylashgan. „Barqi Tojik“ OAXK tomonidan egalik qilinadi (Sangtoʻda GES-1 va Sangtoʻda GES-2dan tashqari).

Tavsifi GES majmui Vaxsh daryosining quyi oqimida, asosan Xatlon viloyati hududida joylashgan. Loyihaga koʻra traktda 9 ta GESni oʻz ichiga oladi. Kaskad sakkizta faoliyat yuritayotgan hamda bitta loyihalashtirilayotgan (Shoʻrob GES) gidroelektr stansiyalardan iborat. Sharshara va Markaziy GESlar (traktning quyi pogʻonasi) Sarband GESdan tushadigan suvdan hosil boʻladigan RK46 deb nomlanadigan bosh kanaldan suv oladi.

Hozirda faoliyat yuritayotgan stansiyalarning umumiy quvvati 4 775 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 20 mlrd kVt*soat. Loyiha toʻliq amalga oshirilganda quvvati 9195 Mvt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 37 mlrd kVt*soat ga yetadi.

Trakt tarkibidagi stansiyalar (oqim boʻylab joylashuviga koʻra):

GES nomi Oʻrnatilganquvvati, MVt Oʻrtacha yillikelektr energiyasiishlab chiqarishimrld kVt*soat Maqomi Rogʻun GES 3600 13,1 2018-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Shoʻrob GES (850) (3,0) Loyihalashtirilayotgan Norak ges 3000 11,2 1972-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Boygʻozi GES 600 2,5 1986-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Sangtoʻda GES-1 670 2,7 2008-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Sangtoʻda GES-2 220 0,9 2011-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Sarband GES 240 1,3 1962-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Sharshara GES 29,5 0,22 1958-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda Markaziy GES 15,1 0,11 1964-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Tojikiston gidroelektr stansiyalari Turkum:Barqi Tojik Turkum:GES kaskadlari Turkum:SSSR gidroelektr stansiyalari