Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti () – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz viloyatidagi yirik aeroport, Toshoʻgʻuz shahridan 15 km janubi-gʻarbda joylashgan. Aeroport, asosan, mahalliy yoʻnalishlardagi parvozlarga xizmat koʻrsatadi. Barcha turdagi samolyotlar va istalgan oʻlchamdagi vertolyotlar, xususan, Boeing 747 va Il-96 kabi yirik samolyotlarni ham qabul qila oladi.
Tarixi Birinchi parvoz – Kogon-Toshhovuz-Xiva yoʻnalishida 1924-yil sentyabrda amalga oshirilgan, keyinchalik bu muntazam yoʻnalishga aylanadi.
1940-yildan beri Chorjoʻy-Toʻrtkoʻl-Toshhovuz yoʻnalishidagi parvozlarga ruxsat berilgan. Sovet davrida Moskva, Leninobod, Toshkent, Ashxobod, Ufa, Mineralnye vodi va SSSRning boshqa aeroportlariga muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilgan.
1973-yil 10-oktyabrda yoqilgʻi tizimining notoʻgʻri ishlashi tufatyli Li-2 samolyoti aeroport yaqinida qulab tushgan. 5 kishi halok boʻlgan. Ushbu voqeadan keyin SSSR fuqaro aviatsiyasida Li-2 samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish toʻxtatildi.
Yangi terminal binosi 1984-yilda ochilgan.
Zamonaviy qurilmalar oʻrnatilgan rekonstruksiyadan chiqqan terminal binosi 2009-yilda foydalanishga topshirildi. Aeroport terminali soatiga 300 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.
2013-yilda 50 metr balandlikdagi havo harakatini boshqarish minorasi qurilishi boshlandi, ular bilan birga 200 million dollarlik asosiy va tutashuvchi taksi yoʻllari va samolyotlar uchun perron faoliyati boshlandi. Loyiha doirasida uzunligi 3800 metr boʻlgan sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlagi, 5 ta taksi yoʻlakchasi va samolyotlarni toʻxtash joyi uchun perron yaratildi. 4 ta darvozali, soatiga 500 yoʻlovchiga moʻljallangan yoʻlovchi terminali binosi, VIP terminal va boshqa bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilgan.
2015-yilda Ukrainaning Altcom kompaniyasi uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruksiya qildi, uning oʻlchamlari 3800 × 60 metrga oshirildi (2 × 7,5 metr yelkalari bor). Aerodrom zamonaviy aeronavtika va avtomatlashtirilgan meteorologik texnik vositalar bilan jihozlanganУкраинские строители завершили сооружение взлетной полосы в аэропорту Дашогуз в Туркмении.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Yoʻlovchi tashish
Yuk tashish
Yer usti transporti Daşoguzawtoulag () kompaniyasi Toshoʻgʻuz aeroportiga oʻz xizmatlarini taklif qiladi. Taksi toʻxtash joyi hamda avtobus bekati uchib kelish zali tashqarisida joylashgan.
Manbalar
Havolalar Official web-site New runway
Turkum:Turkmaniston aeroportlari Turkum:Toshoʻgʻuz