Abdulaxadxon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan. Masjid 1999-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1999-yil 13-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2015-yilda qayta taʼmirlangan.

Manbalar

Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar