LALMA (La asociacion Latin Musulmana de America) notijorat tashkilot boʻlib, islom dini boʻyicha ispan tilidagi manbalarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida 1999-yilda tashkil etilgan. LALMA tashkiloti Marta Felicitas Galedary boshchiligidagi Los-Anjeleslik besh latino musulmon guruhi bilan ispan tilida Islom dinini oʻrganish maqsadida muntazam uchrashuvlar oʻtkaza boshladi. Missiya bayonotiga koʻra, LALMA „islomni ispan tilida soʻzlashuvchi hamjamiyatga yaxshiroq tushunishga yordam beradi va latino musulmonlarini maʼnaviy tarbiyalash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash forumini tashkil qiladi, monoteistik hamjamiyat oʻrtasida koʻpriklar quradi va islom qadriyatlariga muvofiq ijtimoiy adolatni targʻib qiladi“. Dastlab LALMA Los-Anjeles Latino Musulmonlari Assotsiatsiyasi degan maʼnoni anglatar edi, lekin tashklot rivojlana borgach LALMA soʻzining yoyilmasi La Asociacion Latino Musulmana de America deb oʻzgartirildi.
Har yakshanba kuni ertalab LALMA aʼzolari arab tilini oʻrganish, Qur’on va Muhammad tarjimai holi boʻyicha koʻrsatmalar olish va musulmonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama qilish uchun yigʻilishadi. Ular muntazam ravishda islom dinining turli jihatlari boʻyicha mehmon sifatida kelgan din ulamolarining maʼruzalarini tinglaydilar. Ular Janubiy Kaliforniyadagi turli masjidlarda, jumladan Masjid Umar ibn Al-Xattobda va Janubiy Kaliforniya Islom markazida uchrashuvlar oʻtkazadilar. LALMA, shuningdek, CPR kurslari, birinchi yordam va jamoat xavfsizligi kurslari, shuningdek, oʻsmirlarga maslahat va Latino daʼvat dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Ular Los-Anjelesdagi Rim-katolik arxeparxiyasi kabi dinlararo tadbirlarni oʻtkazadilar va shu singari yigʻilishlarda qatnashadilar. LALMA Ispaniyaning islomiy ildizlariga bagʻishlangan konferensiyalar va Ramazon oyida oʻtkaziladigan yillik tadbirlarga homiylik qiladi.
Yana qarang
Alianza Islamica Qora tanli musulmonlar Qoʻshma Shtatlardagi Islom Lotin Amerikasi musulmonlari Ispaniyalik va Lotin Amerikasi musulmonlari
Manbalar
Havolalar
LALMA veb-sayti Turkum:Islom taʼlimi Turkum:AQSHdagi islomiy tashkilotlar