thumb|280x280px| 100 000 aholiga nisbatan zoʻrlash darajasi (politsiya maʼlumotlari), 2010–2012 Zoʻrlash madaniyati bir qancha sotsiologik nazariyalar tomonidan oʻrganiladigan muhit boʻlib, unda zoʻrlash keng tarqalgan va jamiyatning jins va insonlarning jinsiy hayotiga boʻlgan munosabati tufayli normallashgan. Odatda zoʻrlash madaniyati bilan bogʻliq boʻlgan xatti-harakatlar jabrlanuvchini ayblash, fohishalarni uyaltirish, jinsiy obyektivlashtirish, zoʻrlashni ahamiyatsizlashtirish, keng tarqalgan zoʻrlashni inkor etish, jinsiy zoʻravonlik keltirgan zararni tan olishdan bosh tortish yoki bularning baʼzi kombinatsiyalarini oʻz ichiga oladiHerman, Dianne F. „The Rape Culture“. Printed in Women: A Feminist Perspective (ed. Jo Freeman). McGraw Hill, 1994. Retrieved 18 October 2011.. U ijtimoiy guruhlar ichidagi xatti-harakatlarni, shu jumladan qamoqxonadagi zoʻrlash va urush vaqtidagi zoʻrlash singari psixologik urush sifatida ishlatiladigan mojaro hududlarini tasvirlash va tushuntirish uchun ishlatilgan. Butun jamiyatlar zoʻrlash madaniyatiga ega boʻlgani daʼvo qilingan.

Zoʻrlash madaniyati tushunchasi 1960-yillardan boshlab, birinchi navbatda Qoʻshma Shtatlarda ikkinchi toʻlqin feministlari tomonidan oʻylab topilgan. Kontsepsiyaning tanqidchilari uning mavjudligi yoki koʻlami haqida doimiy bahslashadilar. Chunki bu tushuncha juda tor yoki zoʻrlash keng tarqalgan madaniyatlar mavjud boʻlsa-da, zoʻrlash madaniyati gʻoyasining oʻzi zoʻrlovchining aybi emas, balki zoʻrlashga imkon beradigan butun jamiyat aybdor ekanligini anglatishi mumkin. Ushbu holat tanqidchilari faqat bir tomon aybdor boʻlishi kerak degan fikrga qarshi chiqishadi va jinoyatchi asosiy aybdor boʻlishi mumkinligini, uni yashirishga yordam bergan yoki jabrlanuvchini sherik sifatida koʻrsatish kerakligini taʼkidlaydilar. Ularning fikriga koʻra, jamiyat va madaniyatni bu shaxslarga jamoaviy taʼsir qilish uchun ayblash mumkin.

Kelib chiqishi va qoʻllanilinishi „Zoʻrlash madaniyati“ atamasi birinchi marta 1970-yillarda Qoʻshma Shtatlardagi ikkinchi toʻlqin feministlari tomonidan zamonaviy Amerika madaniyatiga nisbatan qoʻllangan. 1970-yillarda feministlar zoʻrlashning keng tarqalgani haqida jamoatchilikni xabardor qilish uchun ong faoliyatini oshirish harakatlari bilan shugʻullana boshlaydilar. Kanadalik psixologiya professori Alexandra Rutherfordning soʻzlariga koʻra, koʻpchilik amerikaliklar zoʻrlash, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va xotinni kaltaklash hoatlarini kamdan-kam hollarda sodir boʻladi deb oʻylashganReview of Against Our Will: Men, Women, and Rape quoted in . Zoʻrlash madaniyati tushunchasi va zoʻrlash Amerika madaniyatida keng tarqalgan va odatiy hol ekanligini hamda bu keng tarqalgan ijtimoiy misoginiya va seksizmning haddan tashqari keng tarqalgan koʻrinishi ekanligini taʼkidlagan. Zoʻrlash jinsiy jinoyat emas, balki zoʻravonlik jinoyati sifatida qayta taʼriflangan va uning maqsadi jinsiy zavq olish istagidan erkaklar hukmronligi, qoʻrqitish va nazorat qilishgacha olib borishi haqdagi tushunchalar mavjudligi aytib oʻtilganBrownmiller, Susan. Against Our Will: Men, Women and Rape. Ballantine, 1975. Print Maschke, Karen J. The Legal Response to Violence against Women. New York: Garland Pub., 1997. . Zoʻrlash ham jinoyatchilarning emas, jabrlanuvchilarning koʻzi bilan qayta oʻrganila boshlangan.

Ushbu atamaning birinchi nashr etilgan kitobdagi qoʻllanishi 1974-yilda Noreen Connell va Cassandra Wilson tomonidan Nyu-York radikal feministlarining loyihasi sifatida tahrirlangan Rape: The First Sourcebook for Women (Zoʻrlash: Ayollar uchun birinchi manba) kitobida amalga oshirilgan. Kitobda shunday deb yozilgan edi: „Bizning asosiy maqsadimiz zoʻrlashni bartaraf etishdir va bu maqsadga jamiyatimizni inqilobiy oʻzgartirishsiz erishib boʻlmaydi“. Ushbu kitob va Susan Brownmillerning 1975-yildagi Against Our Will: Men, Women and Rape (Bizning irodamizga qarshi: Erkaklar, ayollar va zoʻrlash) kitobi birinchi shaxs tomonidan zoʻrlanganlik haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan birinchi asarlarlardandir. Kitobning mualliflari zoʻrlash holatlari ilgari insonlar taxmin qilib kelganlaridan koʻra ancha keng tarqalganini koʻrsatishni maqsad qilgan edi. Kitobda Brownmiller ayollar hech qachon zoʻrlash haqida gapirmaydilar, chunki ular „oʻzlarining jismoniy daxlsizligiga qarshi jinoyat“ haqida ochiq gapirishni istamaydilar, bu esa zoʻrlashning keng tarqalgani haqida jamoatchilikning bexabar qolishlik holatini tushuntirishga urunadiBrownmiller, Susan. Against Our Will: Men, Women and Rape. Ballantine, 1975. Print . Nyu-York radikal feministlari aʼzosi Brownmillerning taʼkidlashicha, ham akademiya, ham jamoatchilik zoʻrlash holatlariga eʼtibor bermaydi. U psixologlarga ushbu „zoʻrlashni qoʻllab-quvvatlovchi madaniyat“ nima sababdan paydo boʻlganini kuzatish va oʻrganishga yordam berganMaschke, Karen J. The Legal Response to Violence against Women. New York: Garland Pub., 1997. . Against Our Will (Bizning irodamizga qarshi) bu feminizm va jinsiy zoʻravonlik boʻyicha muhim asar boʻlib, zamonaviy zoʻrlashni oʻrganishningasosiy ustunlaridan biri hisoblanadi .

Sotsiologiya professori Joyce E. Williams „zoʻrlash madaniyati“ atamasining birinchi qoʻllanishini 1975-yilda chiqqan "Rape Culture (Zoʻrlash madaniyati)" hujjatli filmida kuzatadi. Bu Cambridge Documentary Films tashkiloti uchun Margaret Lazarus va Renner Wunderlich tomonidan ishlab chiqarilgan film boʻlib, u Williamsning soʻzlariga koʻra, „kontsepsiyani birinchi boʻlib aniqlagani uchun muvaffaqiyatga erishgan“. Film zoʻrlashning kengroq madaniy normallashuvi konteksida erkaklar va ayollarning zoʻrlanish holatlarini muhokama qiladi. Filmda DC Rape Crisis Center tashkilotining kelajakda Prisoners Against Rape, Inc bilan hamkorlikdagi faoliyati aks ettirilgan. Zoʻrlovchilar va qurbonlar, shuningdek, feminist faylasuf va ilohiyotchi Mary Daly va yozuvchi-rassom Emily Culpepper kabi zoʻrlashga qarshi taniqli faollar bilan boʻlgan suhbatlarni oʻz ichiga oladi. Filmda ommaviy axborot vositalari va ommabop madaniyat zoʻrlashga boʻlgan munosabatini qanday davom ettirayotgani oʻrganib chiqiladi.

Patrisiya Donat va Jon D’Emilio oʻzlarining 1992-yilgi „Journal of Social Issues“ jurnalida „Zoʻrlash va jinsiy tajovuzning feministik qayta taʼrifi: tarixiy asoslar va oʻzgarishlar“ nomli maqolalarida bu atama „Bizning irodamizga qarshi“ asarida „zoʻrlashni qoʻllab-quvvatlovchi madaniyat“ sifatida paydo boʻlgan deb taxmin qilishadiPatricia Donat and John D’Emilio, „A Feminist Redefinition of Rape and Sexual Assault: Historical Foundations and Change“, Journal of Social Issues, vol. 48, n. 1, 1992; published in Di Karen J. Maschke, „The legal response to violence against women“, Routledge 1997, .. 1970-yillarning oʻrtalariga kelib, bu ibora turli ommaviy axborot vositalarida kengroq qoʻllanila boshlandi.

Umumiy koʻrinish Feministlar va gender faollari zoʻrlash madaniyatini gender zoʻravonligini ragʻbatlantiradigan, shuningdek, zoʻrlashga shunchaki „qoʻpol jinsiy aloqa“ sifatida qarashdan tortib, jabrlanuvchini zoʻrlashga taklif qilishda ayblashgacha boʻlgan „zoʻrlash afsonalarini“ davom ettiruvchi madaniy muhit sifatida tushunadilar.

Michael Parenti zoʻrlash madaniyati zoʻrlashni kundalik hodisa sifatida qabul qilish va hatto erkaklar huquqi sifatida namoyon boʻladi, deb hisoblaydi. Bu zoʻrlash holatlarini koʻrib chiqishda politsiyaning loqaydligi, shuningdek, jabrlanuvchini ayblash, hokimiyatning patriarxal madaniyat meʼyorlariga qarshi chiqishni istamasligi, shuningdek, zoʻrlash qurbonlari va ularning oilalari tomonidan stigmatizatsiya qilinishidan qoʻrqish bilan yanada kuchayishi mumkin . Boshqa sotsiologlarning taʼkidlashicha, zoʻrlash madaniyati rozi boʻlmagan jinsiy aloqani jamiyatning madaniy tuzilishi bilan bogʻlaydi, bu yerda mizoginiya va gender tengsizligi bilan bogʻliq boʻlgan patriarxal dunyoqarash avloddan-avlodga oʻtadi va bu zoʻrlashning keng tarqalgan ijtimoiy va institutsional qabul qilinishiga olib keladi. right|thumb|200x200px| Namoyishchining yozuvidagi zoʻrlash madaniyati

Bu miflarning umumiyligini tushuntirishdan biri shundaki, faqat baʼzi „yomon“ yoki „notoʻgʻri xulqli“ ayollar zoʻrlanadi. Bu umumiy aholidan ajratilgan ayollar toifasini yaratadi, bu „oʻzgalikni“ ragʻbatlantiradi va har qanday odam zoʻrlanishi mumkinligi haqidagi fikrni kamaytiradi. Zoʻrlash haqidagi keng tarqalgan afsonalardan biri shundaki, hech qanday hodisa tasodifiy emas. Bu zoʻrlangan ayollar hech qanday sababsiz zoʻrlanmagan, balki ular bunga loyiq edilar, degan gʻoyani ilgari suradi. Agar ayollar zoʻrlashga oʻzlarini sababchi boʻlgan deb hisoblasalar, ular rasmiylarga murojaat qilmasliklari mumkin. Jamiyat, shuningdek, erkaklarning tajovuzkorligi haqidagi stereotipni oʻz harakatlariga bahona sifatida ishlatadi. Bu zoʻrlashni oqlaydi va normallashtiradi. Jamiyat bu afsonalarni yaratadi, ayollarni zoʻrlashdan oldin qoʻrqitadi. Zoʻrlash madaniyatini qabul qilishning yana bir sababi bu „adolatli dunyo“ gipotezasi boʻlib, u hayotda shaxs bilan sodir boʻlayotgan voqealar tabiatan ularning harakatlariga bogʻliq va shuning uchun adolatli deb hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ishonadigan odamlar, zoʻrlangan ayollar qandaydir tarzda bunga loyiq ekaniga ishonishlari mumkin. Nihoyat, zoʻrlashni ayollarga zulm qilish va ayollar ustidan nazoratni yaratish uchun foydalanilgan omil sifatida tarixan muomala qilish usullari bilan bogʻlash mumkin.

Brownmiller „Bizning irodamizga qarshi“ asarida XX asr boshidan oʻrtalariga qadar aniq belgilangan zoʻrlash haqidagi afsonalardan xabardor boʻlishga yordam bergan uchta gʻoyani muhokama qiladi. Birinchidan, har qanday ayol yoshi, kattaligi, shakli, millati va mavqeidan qatʼi nazar, zoʻrlash qurboni boʻlishi mumkin. Ikkinchidan, har qanday erkak zoʻrlovchi boʻlishi mumkin, avvalgi oʻn yilliklarda oʻylangandek, nafaqat „yovuz“ yoki „ruhiy kasal“ odamlar. Nihoyat, zoʻrlash notanish kishi tomonidan zoʻravonlik, zoʻravonlik bilan zoʻrlash stereotipidan tashqari turli xil shakllarda ham sodir boʻlishi mumkin.

Har qanday ayol zoʻrlanishi mumkinligi gʻoyasi jabrlanuvchini ayblash tushunchasiga eʼtibor qaratgan yangi taklif edi. Endi zoʻrlash har kimga taʼsir qilishi mumkinligi sababli, erkaklar va ayollar uchun undan qochishning toʻgʻri yoʻli boʻlmaydi. Qanday ayollar zoʻrlanishi asosida keng qabul qilingan baʼzi zoʻrlash haqidagi afsonalar jabrlanuvchi har doim „yosh, beparvo goʻzal“ yoki erkaklarni qoʻzgʻatish orqali „zoʻrlashga taklif qiladigan“ „boʻsh“ ayollardir."Gordon, Margaret T., and Stephanie Riger. The Female Fear: The Social Cost of Rape. Urbana: U of Illinois, 1991. . Garchi Braunmiller jabrlanuvchini ayblash haqidagi gʻoya zoʻrlash miflarini fosh qilishi kerak edi, bu esa qurbonni ayblashni yoʻq qilish, zoʻrlash sharoitida jabrlanuvchini ayblash hali ham keng tarqalgan amaliyotdir.

Zoʻrlash madaniyati uchinchi shaxslar tanlangan shaxslarning jinsiy zoʻravonligini ajratib, ularni har kim zoʻrlashga qodirligini tan olish oʻrniga, ularni deviant buzuqlar sifatida rad qilganda namoyon boʻlishi mumkin. 1960-yillarda zoʻrlovchilar koʻpincha jamiyatda ruhiy kasal yoki deviant sifatida koʻrilgan va bu qarash 1990-yillargacha baʼzi odamlar orasida saqlanib qolgan.

Ikkala tomon ham bir-birlarini ilgari tanigan zoʻrlash holatlari „tanishlarcha zoʻrlash“ deb atalgan, bu atama birinchi marta 1982-yilda feminist yozuvchi va faol Diana Rassell tomonidan nashr etilgan. Robin Warshawning „I Never Called It Rape“ (Men buni hech qachon zoʻrlash demadim) kitobi 1988-yilda nashr etilgan boʻlib, bu mavzu boʻyicha birinchi chuqur muhokamani taʼminladi. Keyinchalik bu atama Meri P. Koss kabi taniqli akademiklar tomonidan qoʻllangan.