Saidazamat Mirsaidov (; 19-iyul 2001-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik qanot himoyachisi, Namanganning „Navbahor“ va Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Saidazamat Toshkentning „Paxtakor“ klubi akademiyasida taʼlim olgan. 2020-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida mashgʻulotlar oʻtkazgan. 2021-yilgi mavsumda yanggi tashkil etilgan, Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga Paxtakor klubi tomonida ikki mavsumga ijaraga berilgan. Olimpik jamoasi tarkibida dastlab Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan va uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritib oʻtish oʻyinida qatnashgan. Oʻtish oʻyinida Muborakning „Mashʼal“ klubini magʻlub etib Olimpik jamoasi bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsumda ilk bor Oʻzbekiston Superligasida ilk debyut mavsumini oʻtkazdi va 24 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylandi. Oʻzbekiston Superligasidagi debyut golini Olmaliqning „OKMK“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda kiritdi va yakunda jamoasi 2-1 hisobida magʻlub boʻldi. 2023-yilgi mavsumda „Olimpik“ jamoasi bilan shartnomani uzaytirgan Saidazamat mavsum davomida 24 ta oʻyinda ishtirok etib 1 ta gol muallifiga aylandi. 2024-yilgi mavsum oldidan AFC Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi Namanganning „Navbahor“ jamoasidan jiddiy qiziqish mavjudligi va Navbahor klubiga oʻtayotganligi toʻgʻrisida OAVda xabar qilingan.
Terma jamoadagi faoliyati Saidazamat Oʻzbekiston terma jamoalar tizimiga 2018-yilda ilk bor jalb etilgan. 2022-yil Toshkentda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo kubogi musoboqasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida ishtirok etib kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2023-yil Xitoyda oʻtkazilgan Osiyo Oʻyinlari 2022 musoboqasida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 5 ta oʻyinda ishtirok etib yakunda bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2022-yil 13-noyabrda Srečko Katanec murabbiyligi boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi yiginlariga ilk bor chaqiruv olgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi chempioni (1): 2020 Oʻzbekiston Kubogi sohibi (1): 2020
AFC U-23 Osiyo chempionati 2022: Ikkinchi oʻrin (1)
Manbalar
Havolalar
Saidazamat Mirsaidov Transfermarkt saytida
Saidazamat Mirsaidov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar