Ittifoq jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida joylashgan. Masjid 1990-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 700 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2021-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sayxunobod tumani Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar