Dorul Ulum Nadvatul Ulamo (tarjimasi: Bilimlar uyi va Olimlar yigʻini universiteti) – Hindistonning Laknau shahrida joylashgan islom seminariyasiEdicts issued by Indian maulanas leave Muslim voters confused Dawn (newspaper), Published 14 April 2014, Retrieved 6 March 2020. U 1898-yil 26-sentyabrda Nadvatul ulamo, musulmon olimlari kengashi tomonidan tashkil etilgan.

Ushbu taʼlim muassasasiga butun dunyodan koʻplab musulmon talabalar tashrif buyurishadi. Nadvatul Ulamo turli xil olimlar va talabalarni, shu jumladan hanafiylar (asosiy guruh), shofi’iylar va ahl al-hadislarni tarbiyalaydi. Qolaversa, bu mintaqadagi islom ilmlarini toʻliq arab tilida oʻrgatadigan kam sonli institutlardan biri hisoblanadi.

Tarixi Nadvatul Ulamo Islomdagi barcha mazhablarni, ularning eʼtiqodlaridagi tafovutlaridan qatʼi nazar, birlashtirish maqsadida tuzilgan oʻquv dargohidir.

Nadva yigʻilish va guruh degan maʼnoni anglatadi, u turli ilohiyot maktablarida tahsil olgan bir guruh hind islom ulamolari tomonidan tuzilganligi uchun shunday nomlangan. Darululoom 1893-yilda Kanpurda tashkil etilgan Nadvatul Ulamoning taʼlim organidir. Oxir-oqibat, u 1898-yilda Lakhnauga koʻchirildi va islomiy oʻquv dasturi zamonaviy fanlar, matematika, kasbiy taʼlim va ingliz tili boʻlimlarining qoʻshilishi bilan yangilandiEnglish Department inaugurated at Darul Uloom Nadwatul Ulama The Siasat Daily (newspaper), Published 5 September 2018, Retrieved 7 March 2020.

1898-yil 2-sentyabrda Nadvatul ulamoning idorasi Laknauga koʻchirildi. Dorul Ulum Nadvatul Ulamo 1898-yil 26-sentyabrda ish boshlangan.

Maʼmuriyat Nadvatul Ulamoning menejeri Dorul Ulumning kansleri boʻlib xizmat qiladi. 2000-yilda Rabey Hasani Nadvi kansler etib tayinlangan.

Hafizulloh Dorul Ulum Nadvatul Ulamoning birinchi mudiri etib tayinlangan. 2000-yilda Rabey Hasani Nadaviy kansler etib tayinlangach, Said-ur-Rahmon Azmi Nadviy direktor boʻlgan.

Nashrlar

Al-Baas Al-Islomi: Xalqaro oylik arab jurnali Al-Raid: arab tilida ikki oyda bir marta chiqadigan jurnal. Urdu tilida ikki oyda bir marta chiqadigan Tameer e Hayat jurnali Sachha raahi: Hind tilidagi jurnal

Bitiruvchilar Dorul Ulum Nadvatul Ulamo bitiruvchilari odatda Nadvis deb ataladi. Mashhur bitiruvchilarga quyidagilar kiradi:

Abul Hasan Ali Hasaniy Nadvi Vade Rashid Hasani Nadvi Ijteba Nadvi Minnatullah Rahmoniy Muhammad Akram Nadvi Rabey Hasani Nadvi Sajjod Noʻmoniy Shihobuddin Nadvi Abdurrahmon Qoshgʻariy Nadvi Sulton Zauq Nadvi Sayid Sulaymon Nadvi Sayid Ehtisham Ahmad Nadvi Vali Hasan Tonki Yasin Mazhar Siddiqiy Salmon Husaini Nadvi Shihobuddin Nadvi

Yana qarang

Dorul Ulum Deoband Nahdlatul ulamo Jamiya Islomiya Bhatkal Dorul Huda islom universiteti Al-Jamiatul Ahlia Dorul Ulum Moinul Islom Dorul Ulum Karachi Jomiy Dorul Ulum Zahidan Inʼamiya madrasasi Deobandiy islom harakati Deobandiy universitetlari roʻyxati Jamiyatul Hidaya (Jaypur) Milliy islom va zamonaviy tadqiqotlar instituti

Manbalar

Adabiyotlar Al Ulamaa Al Baarizuona Min Daaril Ulum Li Nadvatil Ulama Alladina Hasalu Ala Al Jaayza At Taqdiriyya Li Nashri Al Lugha Alarabiyya Va Adaabihaa Musahamatu darul ulom nadvatul ulamo fi nashril lugʻatil arabiyati val adabil Islomi va dauruha fi majolis sahofati val elam.

Dekolonizatsiya va Nadvatul ulamo Sirat-e-maulana Sayid Muhammad Ali Mungeriy Dorul Ulum Nadvat-ul-ulamo

Havolalar

Darul Musannefeen Shibli Academi

Turkum:Hindistondagi madrasalar Turkum:Islomiy universitet va kollejlar Turkum:Lakhnauda taʼlim Turkum:Dorul Ulum Nadvatul Ulamo Turkum:Lakhnaudagi universitet va kollejlar Turkum:Hindistondagi universitet va kollejlar