Madrasa Aminiya Islamiya Arabiya (asosan Madrasa Aminiya nomi bilan tanilgan) Dehlidagi islom seminariyasidir.
Tarixi Mahmud Hasan Deobandiyning shogirdi boʻlgan islom olimi Aminiddin Dehlaviy Dehlida madrasa ochish gʻoyasini ishlab chiqqan. U oʻz gʻoyasini hamkasbi Kifoyatulloh Dehlaviy bilan muhokama qiladi va uni qoʻllab-quvvatlashga taklif etadi. Kifoyatulloh bu taklifni rad etib, u allaqachon ustozi Ubayd al-Haq Xonning Shohjahonpurdagi diniy maktabida dars berish bilan shugʻullanganini aytadi. Ammo u Aminga bu maqsadda Anvarshoh Kashmiriyni koʻrib chiqishni taklif qiladi. Amin Anvarshoh Kashmiriyning fikrini qoʻllab-quvvatlaydi va Madrasa Aminiya 1897-yilda Chandni Chovkdagi Sunehri masjidida tashkil etiladi. Madrasa 1917-yilda Kashmir darvozasi hududiga koʻchirilgan. thumb| Shohi Sunheri masjidi, Chandni Chovk, Dehli Aminiddin Dehlaviy Madrasa Aminiya 1897-yilda tashkil topgan kunidan boshlab, to 1919-yil vafot etgunigacha rektorlik qilgan. Amin vafotidan keyin Mahmud Hasan Deobandiy Kifoyatulloh Dehlaviyni ikkinchi rektor etib tayinlaydi va u 1952-yilda vafot etgunigacha bu lavozimda xizmat qiladi. Ahmad Said Dehlaviy 1952-yil 13-yanvarda rektor etib tayinlanadi. Ahmad ikki yarim yildan ortiq xizmat qilganidan soʻng isteʼfoga chiqdi va keyinchalik Vosif Dehlaviy 1955-yilda rektor boʻladi. Vosif 1979-yilda isteʼfoga chiqariladi. Ziyo al-Haq Dehlaviy qisqa muddat rektor boʻlib ishlaydi, uning oʻrniga Vosifning oʻgʻli Jamilur Rahmon Qosmiy tayinlandi. Qosmiy toʻsatdan vafot etgach, muftiy Abdurrahmon seminariya rektori boʻladi. Vosifning ikkinchi oʻgʻli Anisur Rahmon Qosmiy 2017 va 2018-yillarda seminariyada rektorlik qilgan. 2019-yil mart oyidan boshlab Hofiz Abdurashid seminariya rektori lavozimida faoliyat yurita boshlagan. thumb| Madrasa Aminiyaning zamonaviy inshootlarida tasvirlangan fors tilidagi yozuv Hadisshunos olim Anvarshoh Kashmiriy seminariyaning birinchi mudiri (Sadr Mudarris) boʻlgan, keyinchalik uning oʻrniga Kifoyatulloh Dehlaviy kelgan, u Aminiddin Dehlaviydan keyingi ikkinchi rektor hisoblanadi.
Hindiston mustaqilligi faoli va yozuvchi Muhammad Miyan Deobandiy ham ushbu seminariyada hadis professori lavozimida xizmat qilgan.
Taniqli bitiruvchilar
Ahmad Said Dehlaviy Muhammad Taqi Aminiy Nur Alam Halil Aminiy Vosif Dehlaviy
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Hindistondagi islomiy universtet va kollejlar Turkum:Hindistondagi madrasalar Turkum:Hindistonda islom taʼlimi Turkum:Deobandiy madrasalar Turkum:Islomiy universitet va kollejlar