Augustin Eduard Chiriță (1975-yil 10-oktyabr) – Ruminiyalik sobiq futbolchi, Minerul Motru, Argeş Piteşti, Karpaty Lviv va Ivano-Frankivsk Spartak kabi jamoalarda yarim himoyachi pzoitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Augustin asosan Ruminiyaning mamlakatdagi turli darajadagi ligalarida ishtirok etgan futbol klublarida oʻynagan. U Ukrainaning „Karpaty“ va „Spartak Ivano-Frankivsk“ klublarida oʻynagan. U bir mavsum isroillik „Hapoel Beer Sheva“ jamoasida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Chiriță oʻzining futbol murabbiylik faoliyatini boshladi va Viktoriya Braneshti, Olt Slatina va Ordabasy-2 va boshqa klublarda murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2014-yildan buyon „Bunyodkor“, „Qiran“ klublari va Oʻzbekiston terma jamoasida fitnes murabbiyi boʻlib ishlagan.

2018-yili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida, 2020-yilda „Buxoro“ jamoasida, 2021-yilda „Navbahor“ jamoasida, 2022-yilda esa „Bunyodkor“ klublarida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. 2023-yilgi mavsumda Yaypaning „Turon“ klubida boshlab, ikkinchi davradan Navoiyning „Qizilqum“ klublarida ishlagan.

2024-yilgi mavsum yakunida Qizilqum jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov lavozimidan boʻshatilganidan soʻng, Navoiyni tark etgan. 2024-yil 30-dekabrda „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan va Aleksandr Xomyakovga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida yordam beradi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:10-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Karpaty Lviv futbolchilari Turkum:FC Spartak Ivano-Frankivsk futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ruminiyalik futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar