Maxamad Toshboltayev Tojaliyevich (1947-yil 18-fevral, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR – 19-yanvar, 2024-yil) – texnika fanlari doktori, professor, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasidagi olim, Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007) va Mehnat shuhrati ordeni (2017) sohibi.

Biografiyasi Maxamad Toshboltayev 1947-yil 18-fevralda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari – Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolarini hal etish kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan. Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi Ilmiy kengash hamda 4 ta ilmiy jurnal tahrir hayʼati aʼzosi.

Maxamad Toshboltayev 2024-yil 19-yanvarda vafot etgan.

Mukofotlari

Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007). Mehnat shuhrati ordeni (2017). Manbalar

Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:18-fevralda tugʻilganlar Turkum:Fargʻona kishilari Turkum:19-yanvarda vafot etganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:Professorlar