Gennadiy Kochnev (; 1-avgust 1968-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi.

Murabbiylik faoliyati Buxoro futbol tarbiyalanuvchisi Gennadiy, futbolchilik faoliyati davomida asosan havaskorlar jamoalarida oʻynagan. Murabbiylik faoliyatini Buxoroda boshlagan va bir necha yillar davomida „Buxoro“ klubi tizimida ishlagan. 2009-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ jamoasida yordamchi murabbiy vazifasida ishlagan. 2010-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytgan va ikki mavsym davomidaklubda ishlagan. Uning murabbiyligi davrida 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibiga aylangan. 2012-yilgi mavsum oldidan klub bosh murabbiyligidan ketdi va bir necha mavsum klub tizimida ishlagan.

2015-yilgi mavsum oldidan yanggi tashkil etilgan Buxoroning „Nurafshon-Buxoro“ jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Ikki yarim mavsum davomida „Nurafshon“ jamoasida ishlagan Kochnev 2017-yilgi mavsum ikkinchi yarmida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2018-yilgi mavsum oldidan Termizning „Surxon“ klubi ish boshladi va klub tizimida ishlagan.

2021-yilgi mavsumda Rossiyaning „Neftgazomantaj“ jamoasida sport direktori lavozimida ishlagan. 2022-yil mavsum oldidan Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga Asror Aliqovga yoramchi murabbiy sifatida qaytdi. Bir muddat Gʻuzorda ishlagan Kochnev 2022-yil ikkinchi yarmidan Gʻijduvonning „Gʻijduvon“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Gʻijduvob klubiga bir yarim mavsum bosh murabbiylik qilganidan soʻng 2023-yil mavsum yakunida jamoani tark etgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2010

Shaxsiy hayot Gennadiy Kochnev futbolchi Yevgeniy Kochnevning otasidir. Yevgeniy 2022-yilgi mavsumda kelishilgan oʻyinlarda ablanib futbolda 3 yilga chetlatilgan.

Manbalar

Havolalar

Gennadiy Kochnev Transfermarkt saytida

Turkum:1-avgustda tugʻilganlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Nurafshon Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Gʻijduvon klubi murabbiylari Turkum:Shoʻrtan klubi murabbiylari Turkum:Mashʼal klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari