Samarra (, ) Iroqdagi shahar. Shahar Saladin muhofazotida, Dajlaning sharqiy qirgʻogʻida, Bagʻdoddan shimolda joylashgan. Hozirgi Samarra shahri 836-yilda abbosiylar xalifasi Muʼtasim tomonidan yangi maʼmuriy poytaxt va harbiy baza sifatida tashkil etilgan. 2003-yil holatida shahar aholisi 348,700 nafarni tashkil qilgan. Iroq fuqarolar urushi davrida Samarra qarshilikning „sunniy uchburchagi“da edi.
Samarra arxeologik obʼekti hanuzgacha tarixiy shaharning asl rejasi, meʼmorchiligi va badiiy yodgorliklarining katta qismini saqlab qolgan. Shahar 2007-yilda UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
Qadimgi davrda Samarra
Qadimgi davr Samarra qoldiqlari birinchi marta 1911—1914-yillarda Ernst Gersfeld tomonidan qazib, oʻrganilgan. Samarra Samarra madaniyatining bir qismiga aylandi. 1946-yildan beri daftarlar, xatlar, eʼlon qilinmagan qazishma hisobotlari va fotosuratlar Vashingtondagi Freer sanʼat galereyasida saqlanadi.
Samarra sivilizatsiyasi Ubayd madaniyatining bir qismi boʻlib, Yaqin Sharqdagi ilk shahar davlatlaridan biri sifatida gullab-yashnagan. Shahar miloddan avvalgi 5500-yilda mavjud boʻlgan va oxir-oqibat miloddan avvalgi 3900-yilda qulagan.
Yangi Ossuriya davri
Sur-marrati shahri (miloddan avvalgi 690-yilda Sennaxerib tomonidan qurilgan. Uolters sanʼat muzeyidagi stellaga koʻra qayta tiklangan) zamonaviy Samarra roʻparasida Dajla boʻyidagi mustahkam ossuriyaliklar joylashgan joy al-Xuvayshda. Ossuriya Onlayn davlat arxivida Surimarratni Samarraning zamonaviy oʻrni sifatida belgilangan.
Samarra arxeologik tadqiqoti qayd etgan Samarraning qadimiy nomlari yunoncha Souma (Ptolomey V.19, Zosimus III, 30), lotincha Sumere, miloddan avvalgi 363-yilda Julian qoʻshinining chekinishi voqealarida (Ammian Marsellin XXV, 6, 4) tilga olingan qalʼa va qishloq deya tasvirlangan (Hoffmann, Auszüge, 188; Suriyalik Mixail III, 88) suryoniycha Sumradir.
Yoqut Hamaviy tomonidan Anushirvonga bagʻishlab yozilgan asarda (Muʼjam, „Qatul“ boʻlimiga qarang) Samarra mintaqasida Dajla daryosidan suv oladigan Nahravon kanalining shimoliy davomi boʻlgan Qatul al-Kisraviyning ochilishi aholi sonining koʻpayishi uchun imkoniyat taqdim etgani haqida yozgan. Ushbu loyihaning yakunlanishini nishonlash uchun Samarraning janubiy kirish qismida yodgorlik minorasi (hozirgi Burj al-Qoim) qurilgan. Ad-Davr yaqinidagi shimoliy kirish qismida esa (hozirgi Nahr ar-Rasasi) devor bilan oʻralgan ov bogʻi boʻlgan saroy qurilgan. Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid tomonidan qazilgan qoʻshimcha kanal, Qatul Abi al-Jund, al-Muborak deb nomlangan va 796-yilda qurilishi tugallanmay, qarovsiz qoldirilgan sakkizburchakli shaklda qurilgan rejali shahar qurilishi (hozirgi Husn al-Qadisiyya) bilan nishonlangan.
Abbosiylar poytaxti
thumb|Samarrada zarb etilgan Muntasir dirhami. Mil. 861/862|left
836-yilda Abbosiylar xalifasi Muʼtasim Dajla boʻyida yangi poytaxtga asos solgan. Xalifa bu yerda asosan Oʻrta Osiyo va Erondan (eng mashhuri turklar, shuningdek, Xurosonlik Ishtaxoniy, faragʻina va ushrusoniy boʻlinmalari) yoki Shimoliy Afrikadan (magʻaribalar kabi) jalb qilingan askarlar uchun garnizon bilan oʻralgan katta saroy majmualari qurdirdi. Mamluklarni qul askarlar deb atashsa ham, aslida ularning mavqei ancha baland edi. Mamluklarning baʼzi sarkardalari soʻgʻdlarga xos zodagonlik unvonlari egasi edilar.
Shahar xalifa Mutavakkil davrida yanada rivojlandi. Xalifa Mutavakkiliya kabi hashamatli saroy majmualari va 847-yilda qurilgan mashhur spiral minora yoki Malviya hamda Samarra Katta masjidi qurilishiga homiylik qildi. Xalifa oʻgʻli Muʼtazz uchun katta Bulkuvara saroyini qurdirdi.
Nestorian patriarxi Sargis (860—872) Sharq cherkovining patriarxal markazini Bagʻdoddan Samarraga koʻchirdi. Patriarxning bevosita vorislaridan bir yoki ikkitasi ham oliy hokimiyatga yaqin boʻlish uchun Samarrada faoliyat olib borgan boʻlishi mumkinMari, 80–1 (Arabic), 71–2 (Latin).
Samarra 892-yilgacha, Mutazid poytaxtni Bagʻdodga qayta koʻchirgunga qadar xalifa qarorgohi boʻlib qoldi. Tarixiy manbalarda shahar aynan shu davrda talon-taroj qilingani haqida maʼlumotlar mavjud. Ehtimol, shahar aholisi kamaygan, shahar ham kichraygan, lekin muhim bozor markazi mavqeini saqlab qola olgan.
10-asrdan boshlab shahar muhim ziyoratgohga aylangan. 12—13-asrlarda daryo oqimining shahar janubiga tomon oʻzgarishi shaharning ham sharq tomonga siljishiga olib kelgan. Natijada Bag‘dod va Mosul o‘rtasidagi asosiy yo‘l g‘arbiy sohilga ko‘chirilib, Samarra savdo shaharchasi sifatidagi ahamiyatini yo‘qotgan.
Zamonaviy davr
18-asrda 1730—1735-yillardagi Usmonli—Fors urushining eng shiddatli janglaridan biri Samarra jangi boʻlib o'tdi. Ushbu jangda 50 000 dan ortiq turklar va forslar qurbon boʻldi. Bu jang Usmonli Iroqining taqdirini hal qilib, uning Birinchi jahon urushigacha Istanbul hukmronligi ostida qolishiga sabab boʻldi.
1950-yillarda Bagʻdodni tez-tez suv bosishining oldini olish maqsadida qurilgan Samarra toʻgʻonining qurilishi natijasida doimiy koʻl — Tartar koʻli yaratilgach, Samarra yana muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Toʻgʻon tufayli koʻplab mahalliy aholi koʻchirilishi natijasida Samarra aholisi koʻpaygan.
thumb|Al-Askariy ziyoratgohi
Samarra Saladin muhofazotidagi muhim shahar boʻlib, Iroq urushi paytida isyonchilar faol boʻlgan sunniy uchburchagining asosiy qismidir. Samarra shialarning muqaddas joylari, jumladan, bir nechta shia imomlarining qabrlari bilan mashhur boʻlsa-da, shaharda anʼanaviy tarzda va yaqin vaqtgacha sunniy arablar hukmronlik qilgan. Iroq urushi paytida sunniylar va shialar oʻrtasida keskinlik yuzaga kelgan. 2006-yil 22-fevralda al-Askariy masjidining oltin gumbazi bombardimon qilingach, mamlakat boʻylab yuzlab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan tartibsizliklar va repression hujumlar boshlandi. Hech qaysi tashkilot portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. 2007-yil 13-iyunda isyonchilar masjidga yana hujum qilib, gumbaz xarobalari yonidagi ikkita minorani vayron qilishdi. 2007-yil 12-iyulda soat minorasi portlatilgan. Halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan. Shia ruhoniysi Muqtada as-Sadr tinch namoyishlar va uch kunlik motam eʼlon qilishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, hujum ortida sunniy arab turmagan. Biroq, Nyu-York Taymsga koʻra, hujumchilar Al-Qoida bilan aloqador sunniylar boʻlishi mumkin. Masjid majmuasi 2006-yildagi portlashdan so‘ng yopilgan va o‘sha paytda Iroq politsiyasi shaharda noma’lum muddatli komendantlik soati joriy qilgan edi. 2009-yilda restavratsiya ishlari davom etayotgan boʻlsa-da, masjid qayta ochilgan.
2007-yilda Iroqdagi fuqarolar urushi tugaganidan buyon muqaddas shahardagi shia aholisi keskin koʻpaydi. Biroq zo‘ravonliklar davom etib, 2011 va 2013-yillarda portlashlar sodir etilgan. 2014-yil iyun oyida Shimoliy Iroq hujumi doirasida shahar IShID hujumiga uchragan. IShID kuchlari munitsipalitet binosi va universitetni egallab oldi, biroq keyinchalik Iroq armiyasi va SWAT kuchlari tomonidan siqib chiqarildi. Yaqin atrofdagi Imom Dur maqbarasi, shia hukmdori Muslim ibn Qurayshga bagʻishlangan tarixiy maqbara IShID tomonidan 2014-yilda vayron qilingan.
Geografiyasi
Iqlimi
Samarra ssiq choʻl iqlimiga ega (Köppen iqlim tasnifi BWh). Asosiy yomgʻir qishda yogʻadi. Samarradagi oʻrtacha yillik harorat . Yillik taxminiy yogʻingarchilik miqdori .
Diniy ahamiyati
Shaharda al-Askariy ziyoratgohi joylashgan. Shuningdek, oʻninchi va oʻn birinchi shia imomlari Ali al-Hadiy va Hasan al-Askariylar maqbarasi, oʻn ikki yoki shia eʼtiqodida „gʻayb“ga kirganligi haqida maʼlumot berilgan „Yashirin imom“ nomi bilan taniqli Muhammad al-Mahdiy nomli joy joylashgan. Ushbu ziyoratgohlar tufayli shahar shialar uchun muhim joy hisoblanadi. Bundan tashqari, shaharda musulmonlar hurmatiga sazovor bo‘lgan Muhammad payg‘ambar va imomlarning ayol qarindoshlari Hakima va Narjislar dafn etilgani bu masjidni eng muhim ibodat maskanlaridan biriga aylantirgan.
Ommaviy madaniyatda
O‘limni anglatuvchi „Samarradagi uchrashuv“ hikoyasi Bobil Talmudida qayd etilgan. U.Somerset Moem qadimgi Bobil afsonasi asosida adabiy havola yozgan boʻlib"The Appointment in Samarra" (as retold by W. Somerset Maugham )., unda O‘lim odamning undan Bagʻdoddan Samarraga qochib, behuda urinishini hikoya qiladi. „Samarradagi uchrashuv“ hikoyasi keyinchalik Jon OʼHaraning xuddi shu nomdagi romani uchun asos boʻlganJohn O'Hara, Appointment in Samarra, Harcourt, Brace & Co., . L., "The Destined Hour" in From Many Times and Lands (London, 1953); reprinted in Every Poem Tells a Story: A Collection of Stories in Verse, ed. Raymond Wilson (London, 1988; / 0-670-82086-5)..
1968-yilda suratga olingan Targets filmida Boris Karloff rol o‘ynagan qari va qo‘rqinchli film yulduzi Bayron Orlok o‘zining yosh hamkasblariga Maugʻamning hikoya versiyasini aytib beradi.
Manbalar
Adabiyotlar
De la Vaissière, Étienne (2007): Samarcande et Samarra. Élites d’Asie central dans l’empire abbaside (Studia Iranica, Cahier 35), Paris.
Northedge, Alastair (2005): The historical topography of Samarra, London. Robinson, Chase (ed.) (2001): A Medieval Islamic City Reconsidered: An Interdisciplinary Approach to Samarra (Oxford Studies in Islamic Art 14). Oxford.
Havolalar
Ernst Herzfeld Papers, Series 7: Records of Samarra Expeditions, 1906–1945 Smithsonian Institution, Freer Gallery of Art and Arthur M. Sackler Gallery Archives, Washington, D.C. Ernst Herzfeld Papers, Series 7: Records of Samarra Expeditions, 1906–1945 Collections Search Center, S.I.R.I.S., Smithsonian Institution, Washington, D.C. Iraq Image - Samarra Satellite Observation Samarra Archaeological Survey "The Appointment in Samarra" Destruction of Askari Mosque Samarra on Google Earth
Turkum:Samarra Turkum:Arab arxitekturasi Turkum:Iroqdagi arxeologik obyektlar Turkum:Arxeologik turdagi joylar Turkum:Xalifaliklar poytaxtlari Turkum:Iroqdagi shaharlar Turkum:Iroqning tuman markazlari Turkum:Muqaddas shaharlar Turkum:Levant Turkum:saladin muhofazotidagi aholi manzilgohlari Turkum:Dajla daryosi sohilidagi aholi manzilgohlari Turkum:Samarra madaniyati Turkum:Shialarning muqaddas shaharlari Turkum:Xavf ostidagi jahon merosi obyektlari Turkum:Iroqdagi jahon merosi obyektlari