Kichik Qurayba binti Abu Umayya () – Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, xalifa Umar va umaviy xalifa Muoviya I ning xotini boʻlgan.

Biografiyasi

Oilasi Qurayba binti Abu Umayya Makkadagi Quraysh qabilasining boy urugʻlaridan hisoblangan Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan. Uning otasi Abu Umayya ibn al-MugʻiyraMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publications. VII asr boshlarida Makkaning boshligʻi boʻlganGuillaume, A. (1960). New Light on the Life of Muhammad, p. 24. Manchester: Manchester University Press.. Onasi Quraysh qabilasining Abdshams urugʻidan Atika binti Utba edi. Hind binti Utba esa Qutaybaning xolasi, Ummu Salama esa uning singlisi boʻlganMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 80, 175. Albany: State University of New York Press..

Birinchi nikohi Qutayba binti Abu Umayya 616-yillardan biroz oldinroq xalifa Umarga turmushga chiqqanMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.. Xalifa bir vaqtning oʻzida Zaynab binti Maz’un va Ummu Gulsum binti Jarvalga uylangan edi. Xalifaning ikki xotinidan besh farzandi bor edi, biroq Quraybadan farzand koʻrmaganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..

Umar 616-yilda islomni qabul qilganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers. va garchi Ummu Gulsum va Qurayba hali ham mushrik boʻlsalar-daBukhari 3:50:891., butun oila 622-yilda Madinaga hijrat qilganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.. Quraybaning nomi Madinada singlisi Ummu Salamaning chaqalogʻini boqishga yordam bergan voqeada qisqacha tilga olinadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publications..

628-yilda tuzilgan Hudaybiya shartnomasidan koʻp oʻtmay, Muhammad musulmonlarga „kofir ayollarning iplaridan ushlamanglar“ degan vahiyni eʼlon qilgan. Shunga koʻra, Umar Ummu Gulsum va Quraybani taloq qilgan va ularning ikkalasi ham Makkaga qaytib ketganlarMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..

Ikkinchi nikohi Keyin Qurayba 630-yil yanvaridan oldin oʻzining amakivachchasi Muoviya I ga turmushga chiqqan, oʻsha paytda ularning ikkalasi ham mushriklar ediBukhari 3:50:891.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.. Biroq keyinchalik Muoviya ham Quraybani taloq qilgan. Ularning Ummu Hakim, Ummu Said va Ummu Habib ismli uch nafar qizlari boʻlgan.

Uchinchi nikohi Keyinroq Quraybaga Abdurahmon ibn Abu Bakr as-Siddiq uylanmoqchi boʻlgan. Oysha akasi uchun muzokaralar olib borgan, Banu Maxzum oilasi ham Quraybani unga turmushga berishga rozi boʻlganMalik ibn Anas. Al-Muwatta 29:14.. Abdurrahmon va Quraybaning Abdulloh, Ummu Hakim, Asmo, Muhammad va Hafsa ismli farzandlari boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publications..

Abdurrahmon ayollarga nisbatan qoʻpolligi bilan mashhur boʻlgan va Maxzumlar oilasi uning Quraybaga nisbatan munosabatiga norozilik bildirgan. Shundan soʻng, Quraybaning oilasi uni Abdurrahmonga turmushga berishga faqatgina Oysha tufayli rozilik berganliklarini daʼvo qilishgan, shundan soʻng Oysha akasiga boʻlayotgan voqealarni yetkazgan. Bir kuni Qurayba Abdurrahmonga: „Meni siz haqingizda ogohlantirdilar!“ – deydi. Abdurrahmon esa: „Istasang, taloq qilaman“, deb javob berdi. Shunda Qurayba fikrini oʻzgartirib: „Men hech kimni Abu Bakrning oʻgʻlidan ustun qoʻymayman“, deydi va ular birga qolishadiMalik ibn Anas. Al-Muwatta 29:14.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publications..

Manbalar

Turkum:Banu Maxzum Turkum:Umar