Dorul Ulum al-Arabiya al-Islomiyya (), Darul Ulum Bury nomi bilan mashhur. 1979-yilda tashkil etilgan va Buyuk Britaniyadagi eng qadimgi islom seminariyasi hisoblanadi. Muassasa Holcombe, Bury shahrida joylashgan boʻlib, u butun dunyo boʻylab tarqalgan Dars-e-Nizomiy oʻquv dasturiga asoslangan. Unga marhum hazrati Mavlono Yusuf Motala asos solgan.

Dasturi Dorul Ulum 11 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni qabul qilib, kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun oʻrta maktab taʼlimini hamda islomiy taʼlimni ilgʻor darajaga yetkazib beruvchi taʼlim dasturiga ega.

Tarixi Maktab 1979-yilda Shayx Yusuf Motala va britaniyalik hind olimi Shayx Hoshim Patel (Jogvariy) tomonidan tashkil etilgan. Dastlab Saudiya Arabistoni hukumati Dorul Ulumga moliyaviy jihatdan yordam bergan, chunki u davlatdan pul olmagan, ota-onalar esa 440 funt sterling miqdorida toʻlov toʻlagan. Bu Yevropadagi birinchi faqat musulmonlar maktabi boʻlib, atigi 80 nafar oʻquvchi bilan ish boshlangan. Hozir mazkur muassasada 300 dan ortiq oʻgʻilbolalar tarbiyalanmoqda.

2015-yilda Ofsted Dorul Ulum al-Arabiya al-Islomiyani „Britaniya qadriyatlarini targʻib qiluvchi, radikallashuvning oldini oladigan va bolalarni himoya qiladigan“ maktabning eng yaxshi namunasi sifatida eʼtirof etgan Alternative URL..

Maʼruzachilari Oldingi oʻqituvchilar:

Mavlono Yusuf Motala hazratlari – "Sahih al-Buxoriy" asoschisi va Shayxul hadis ustozi Mavlono Navshad Abdulaziz – Sunan Ibn Moja ustozi Mavlono Soʻfi Muhammad Tohir – Muvatta Imom Molik va Tahoviy Sharif ustozi Muftiy Ibrohim Roja – Tafsir ul-Jalolayn ustozi

Taniqli bitiruvchilari

Abdurrahmon ibn Yusuf Mangera Abu Yusuf Riyoz ul-Haq Muhammad ibn Odam al-Kavsariy

Yana qarang

Dorul Ulum al-Madaniya Dorul Ulum (London) Dorul Ulum Zakariyya Madinatul Ulum al-Islomiya Mazohirul Ulum (Saharanpur) Jamiyatul Imom Muhammad Zakariyya Manbalar

Havolalar

Ofsted tekshiruv hisobotlari

Turkum:Angliyada islom Turkum:Deobandiy madrasalar Turkum:Angliyada islomiy ta'lim