Konstantin Sergeyevich Borisov (rus. Konstantin Sergeevich Borisov; 1984-yil 14-avgustda Smolensk viloyatida tugʻilgan) – rossiyalik kosmonavt, hozir 2023-yil 26-avgustda fazoga uchirilgan SpaceX Crew-7 missiyasi ishtirokchisi.
Hayoti 2007-yilning 27-iyunida Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining iqtisod fakultetida bakalavr darajasini tamomlagan. 2006-yil 27-sentabrdan, 2007-yil 3-dekabrgacha Buyuk Britaniyaning Coventry shahridagi Warwick universitetida tahsil olib, „Operatsion tadqiqotlar va tizimlar tahlili“ yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. 2018-yilning iyun oyida u Moskva Aviatsiya institutida „Life Support Systems for Aircraft“ yoʻnalishida magistratura dasturini boʻyicha oʻqishni tugatgan (2016-2018) va shu bilan samolyot qurilishi yoʻnalishi boʻyicha ham „magistrlik“ malakasiga ega boʻlgan.
2018-yilda Borisov va yana 7 nafar shaxsga fazogir maqomi berildi, va u 2020-yilning dekabr oyida koinotga uchish va topshriqlarni bajarish huquqini beruvchi davlat imtihonini topshirgan.
Parvozlari Borisov SpaceX Crew-7 missiyasining 69/70-ekspeditsiyada bort-muhandisi boʻlib xizmat qilmoqda va missiyasi davomiyligi 6 oy boʻlishi kutilyapti.
Manbalar