John Christopher Depp II (; 1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) amerikalik aktyor, kinorejissyor, musiqachi, ssenariynavis va kinoprodyuserdir. Oltin globus va Screen Actors Guild sohibi, Oscar va BAFTA nomzodi.

Deppning filmlari AQShda $3 milliard, dunyo boʻylab esa $8 milliarddan ortiq foyda keltirgan. Uning ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan Karib dengizi qaroqchilari franshizasi ($3,7 milliarddan ortiq), Alisa moʻjizalar mamlakatida ($1 milliarddan ortiq), Charlie va shokolad fabrikasi ($474 million) va Turist ($278 million) filmlarini misol keltirish mumkin.

thumb|upright|Depp Cannes kinofestivalida (1992) thumb|upright|Depp (rejissyor Jim Jarmusch bilan) Cannes kinofestivalida (1995) thumb|upright|Depp Public Enemies filmi premyerasida (Parij, 2009) thumb|upright|Depp Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da (2013) thumb|upright|Depp San Diego Comic Conda (2018)

Biografiyasi Johnny Depp 1963-yil 9-iyunda AQShning Owensboro (Kentucky) shahrida tugʻilgan. Uning otasi Katta John injener boʻlib, onasi esa ofitsiantka boʻlib ishlagan. Uning ikkita singlisi va bitta ukasi bor. Bolaligini birga kechirgan buvasining oʻlimi uning ruhiy holatiga yomon taʼsir qiladi. Floridaga koʻchish ham unga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. Depp 15 yoshga toʻlganida ota-onasi ajrashadilar.

Aynan oʻsha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Owensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovgʻa qiladi. Uni chalishni oʻzi oʻrganib oladi va Floridaning tungi klublarida chiqish qiladigan „The Kids“ guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bagʻishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yoʻlini olib Los-Anjelesga koʻchadi. Hozir Depp „P“ guruhida oʻynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti boʻlib oʻtdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. Oʻz guruhlarining albom muqovasi uchun oʻzi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri — Jack Kerouac. Uning ijodi oʻsmirlik chogʻida Deppning dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan.

20 yoshligida oʻzidan 5 yosh katta Lori Anne Allison ga uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi — A Nightmare on Elm Street (1984). Lekin musiqa baribir u uchun birinchi oʻrinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan boʻldi. Edward Scissorhands filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.

1994-yil ingliz modeli Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qoʻshiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga koʻchib keladi. Ularning Lily-Rose Melody (1999-yilda tugʻilgan) va Jack (2002-yilda tugʻilgan) ismli bolalari bor. 2012-yil iyun oyida Depp va Paradis ajralishganini eʼlon qildi.

2004-yili Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati (2003) filmidagi kapitan Jack Chittak roli uchun Oscarga nomzod boʻladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland (2004) filmi orqali oladi.

Johnny Deppning Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 marta Oltin globus nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, Deppga hech qachon bu sovrinlar berilmagan.

Vanessa Paradis bilan ajralishgandan keyin Depp aktrisa Amber Heard bilan uchrashishni boshlaydi. Depp Heard bilan The Rum Diary (2011) filmida birga suratga tushgan. Depp va Heard 2015-yil 3-fevralda turmush qurishdi. Heard 2016-yil 23-may kuni ajrashish uchun ariza berdi va Depp bilan munosabatlarida „hal qilib boʻlmas“ tushunmovchiliklar yuzaga kelgani va Deppdan aliment talab qilishi haqida bildirdi.

Filmografiyasi YilNomRol Izohlar 1984 1985 Private Resort 1986 Platoon Lerner 1990 Cry-Baby Edward Scissorhands 1991 Freddy's Dead: The Final Nightmare Bir yigit Epizod rolda 1993 Arizona Dream Benny & Joon Sam What's Eating Gilbert Grape 1994 Ed Wood 1995 Don Juan DeMarco Dead Man Nick of Time 1996 Cannes Man Oʻzi Epizod rolda 1997 Raphael Rejissyor Donnie Brasco 1998 L.A. Without a Map Fear and Loathing in Las Vegas 1999 Sleepy Hollow 2000 Chocolat Roux Before Night Falls Bon Bon / Lieutenant Victor Cesar 2001 Blow From Hell 2003 Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati kapitan Jack Chittak Once Upon a Time in Mexico Sheldon Sands 2004 Secret Window Happily Ever After L’inconnu Epizod rolda Finding Neverland 2005 Charlie va shokolad fabrikasi Corpse Bride Ovoz bergan 2006 Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar sandigʻi 2007 Karib dengizi qaroqchilari: Dunyolar chegarasida Sweeney Todd: The Demon Barber of Fleet Street 2009 Imaginarium Tony 1 Epizod rolda Public Enemies 2010 Alice moʻjizalar mamlakatida 2011 Rango Rango / Lars / Raoul Duke Ovoz bergan Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda Prodyuser Jack and Jill Oʻzi Epizod rolda Hugo Faqat prodyuser 2012 21 Jump Street Epizod rolda Dark Shadows 2013 Tonto Ijrochi prodyuser Lucky Them Epizod rolda 2014 Transcendence Tusk Into the Woods Wolf 2015 Mortdecai Prodyuser Black Mass 2016 Alice sehrli oyna ortida Jodu saltanati Yoga Hosers Donald Trump's The Art of the Deal: The Movie 2017 Nuclear Med Tech Qisqa metrajli film Sharqiy ekspressdagi qotillik Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi 2018 Sherlock Gnomes Ovoz bergan London Fields Epizod rolda Jodu saltanati 2: Grindelwaldning jinoyati City of Lies 2019 Waiting for the Barbarians 2020 Minamata Prodyuser 2023 Jeanne du Barry Louis XV

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar