Dilorom Saidaminova (1943-yil 27-fevral, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik kompozitor.
Hayoti Dilorom Saidaminova 1943-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab Toshkentdagi “Uspenskiy” nomidagi akademik litseyda, soʻng O‘zbekiston konservatoriyasida musiqa yo‘nalishida tahsil olgan. Keyinchalik “Chaykovskiy” nomidagi Moskva konservatoriyasida aspiranturada oʻqigan. U yerda Edison Denisov, Yuriy Fortunatov, Abraham Litvinov va Boris Zaydman qoʻlida tahsil olgan. Uning Tigran Shiganyan ismli skripkachi oʻgʻli bor.
Faoliyati Dilorom Saidaminova 1967–1985-yillar va 1988–1995-yillarda O‘zbekiston konservatoriyasida fortepianodan dars bergan. 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Davlat telekompaniyasida musiqiy muharrir boʻlib ishlagan. Dilorom Saidaminova Amerika bastakorlar, mualliflar va noshirlar jamiyati (ASCAP), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi va Rossiya bastakorlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
Ijodiy faoliyati Saidaminova 70 dan ortiq bolalar uchun qoʻshiqlar yaratgan. +YilNomiIzohKamer orkestri uchunAscending to Lightskripka joʻrnavozligidaDance of the Rainkamer orkestri uchunMirageXalq cholgʻulari uchunShadow of the Womanviolonchel va kamer orkestri uchunSmell of the NIghtkamer orkestri uchunSonata No. 2skripka va fortepiano uchunWhere There is No Timeklarnet, skripka va fortepiano joʻrnavozligidaOrkestr uchunAmir Temurorkestr va perkusiya (solo)Fortepiano uchun 2-kontsertSaksafon uchun konsertFanfareHoliday OvertureIn Memory of My FriendsPath to Enlightenmentorkestr va xor uchunSimfonik poemaFortepiano uchunDialog with KhayamFortepiano uchun ikki pyesaWalls of Ancient BukharaVokal uchunAzonxor, organ, fortepiano va skripka joʻrligidaSaratonxor (soprano), skripka va anʼanaviy cholgʻular uchunOʻzbekiston
Mukofotlari 1977-yil — Oʻzbekistondagi eng taniqli yosh kompozitor;
1983-yil — Toshkentdagi “Bayram uverturasi” tanlovida 1-oʻrin;
1991-yil — O‘zbekiston madaniyati va musiqasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun;
1998-yil — “By the Sound of Francesca” Germaniya/Avstriya ayollari sanʼat tashkiloti (GEDOK) tanlovida 2-oʻrin;
2002-yil — “Open Society Institute/Soros” jamgʻarmasi granti;
2002-yil — „Azon“ musiqasi uchun Pitsburgdagi Bax xorining komissiyasi;
2021-yil — skripkachi Igor Kalninning “Ascending to Light” musiqasi uchun komissiya.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekistonlik kompozitorlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar