Tumonbay Bayzaqov prospekti — () – Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod shahri markazidagi shox koʻcha.

Joylashuvi

Tarixi Koʻcha 2023-yilning avgust oyigacha Lenin koʻchasi deb atalib kelgan. 2023-yilda qirgʻiz oqini va tarjimoni Tumonbay Bayzaqovning sharafiga qayta nomlanib, koʻchani kengaytirish va taʻmirlash ishlari olib borildi. 2023-yilning 29-avgust kuni Prezident Sadir Japarov Jalolobod viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Jalolobod shahrida Tumunbay Bayzaqov nomidagi yangi markaziy xiyobon va koʻchani ochilish marosimida ishtirok etganПрезидент Жалал-Абадда акын Түмөнбай Байзаков атындагы жаңы борбордук проспектини ачты. Binolari va qurilishlar Sobiq Lenin koʻchasi shaharning eng yirik koʻchasi hisoblanib, bu koʻchada Jalolobod viloyati gubernatorligining binosi, shahardagi Toʻqtogʻul Satilgʻanov nomidagi istirohat bogʻi, Moʻl-moʻl mehmonxonasi, Aygul savdo markazi, Avtovokzal, shahardagi eng yirik uch bozor (Shaftolizor, Markaziy, Baraka bozori) va bir qancha savdo markazlari va binolar joylashgan.

Koʻchada ikki dona yoʻlovchilar uchun osma koʻprikЖалал-Абад шаардык Кеңешинин VI чакырылыш XХV сессиясыЖалал-Абад шаарынын Ленин көчөсүндөгү асма көпүрөнүн курулуш иштери аяктап калды va yer osti yoʻllari qurilganЖалал-Абадда соода түйүндөрү бар жер алдынан өтүүчү өтмөк курулду. Koʻchaning osma koʻprik va yer osti yoʻllari oʻtuvchi qismi 2015-yilda 4 metrgacha kengaytirilganЖалал-Абад шаарындагы Ленин көчөсү кеңейтилүүдө. Avvalgi qurilishlar Lenin koʻchasida sovet davrida qurilgan paxtani qayta ishlash zavodi boʻlgan. Keyinchalik bu zavod xususiy tomonlarga berilib, oʻrniga Baraka bozori va bir qancha savdo markazlari shuningdek koʻp qavatli uylar qurilgan. Shungdek bu koʻchada Adliya vazirligiga qarashli 10-sonli axloq tuzatish koloniyasi va Qorovul-konvoy boshqarmasiga qarashli 5-sonli bataloni binolari mavjud boʻlganЖалал-Абадда абак жайлар бузулуп, ордуна сейил бак, музей, оюн зоок борбору салынат.

Manbalar

Turkum:Jalolobod koʻchalari